Nashrning yozishicha, Yevropaning 176 kompaniyasi o‘z aktivlarining qadrsizlanishi, valuta kursi bilan bog‘liq, shuningdek, biznesni sotish, yopish yoki qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlarga duch kelgan.
40 milliard yevrolik zarar neft va gaz sohasidagi uchta kompaniyaga to‘g‘ri keldi: BP, Shell va TotalEnergies. Ularning yo‘qotishlari neft va gaz narxining oshishi hisobiga qoplandi, natijada ular uchun rekord darajadagi umumiy foyda 95 milliard yevroni tashkil etdi, deb yozadi FT.
Banklar, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari 17,5 milliard yevro, avtomobil ishlab chiqaruvchilari 13,6 milliard yevro yo‘qotdi.

















