Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli suv toshqinlari: Sloveniya YeI va NATOdan yordam so‘radi
Sloveniya bosh vaziri suv toshqinlari va ko‘chkilardan ko‘rilgan zararni 500 million yevrodan ortiq deb baholadi. Lyublyana Yevropa Ittifoqi va NATOdan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun uskunalar va harbiylar bo‘yicha yordam so‘radi.
Sloveniya keng ko‘lamli suv toshqinlariga olib kelgan hamda uzoq davom etgan yomg‘irlardan so‘ng, tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashishda davom etmoqda. STA agentligining 7 avgust, dushanba kuni xabar berishicha, qurbonlar soni olti nafarga yetdi, ulardan ikki nafari Niderlandiya fuqarosi. Sava, Drava va Mura daryolari vodiylari suv ostida qolmoqda.
Sloveniya Yevropa Ittifoqi va NATOdan vayronkor suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun texnik yordam so‘radi.
Rasmiylar suv yo‘llarini tartibga solish uchun turli quvvatdagi 30 ta ekskavator va 30 ta maxsus mashina, shuningdek, mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun muhandislik guruhlarini so‘ragan, deya xabar beradi dpa. Shuningdek, Lyublyanaga har birining uzunligi 40 metrgacha bo‘lgan 20 ta yig‘ma ko‘prik kerak. Rasmiylar NATOdan yuk tashish uchun kamida 5 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega beshta harbiy vertolyot, shuningdek, qutqaruv va yordam ishlarini bajarish uchun 200 nafar askar so‘ragan.
Shimoli-sharqdagi Murska Sobota va shimoldagi Sloven-Gradets shaharlari yaqinida o‘t o‘chirish brigadalari kamida 57 ta qutqaruv operatsiyasini o‘tkazdi. Yo‘llar va temiryo‘llar suv ostida qolgan. Bosh vazir Robert Golob jami zararni 500 million yevrodan ortiq deb baholadi. Mamlakat hududining uchdan ikki qismi va energetika infratuzilmasi, shuningdek, yuzlab turar joy binolari zarar ko‘rgan, deb yozadi dpa.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
12:53 / 23.03.2026
Sloveniyada liberallar konservatorlarni minimal ustunlik bilan ortda qoldirdi
09:42 / 28.02.2026