Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya rasmiylari Oyga missiya tufayli Xabarovskdagi aholini evakuatsiya qiladi
«Luna-25» stansiyasini koinotga olib chiqishi kerak bo‘lgan «Soyuz-2.1b» raketasining birinchi bosqichi qulashi kutilayotgani munosabati bilan Xabarovsk o‘lkasining Shaxtinsk qishlog‘i aholisi evakuatsiya qilinadi.
Xabarovsk o‘lkasi ma’muriyati 11 avgust kuni ertalab Shaxtinsk (Shaxtinskiy) qishlog‘i aholisini «Luna-25» avtomatik sayyoralararo stansiyasini kosmosga uchirishi kerak bo‘lgan «Soyuz-2.1b» raketasining birinchi bosqichi qulashi kutilayotgani munosabati bilan evakuatsiya qiladi. Evakuatsiya haqida 7 avgust, dushanba kuni qishloq joylashgan Verxnebureinskiy tumani rahbari Aleksey Maslov ma’lum qildi.
«Umalta, Ussamax, Lepikan, Tastax, Saganar daryolarining boshlanishi va Bureya daryosidagi parom o‘tish joyi taxminiy qulash zonasiga kiradi», dedi u.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, shtabning birinchi yig‘ilishi Verxnebureinskiy tumani ustidan sun’iy yo‘ldoshi bilan raketa-tashuvchining o‘tishi bo‘yicha ishchi harakatlar rejasini tayyorlash maqsadida o‘tkazilgan. «Ertaga biz qulash ehtimoli bo‘lgan butun hududni ishlab chiqamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari institutida ta’kidlanganidek, «Luna-25» - Oyning janubiy qutbi mintaqasidagi yuqori sirt qatlamni, Oy ekzosferasini o‘rganish, qo‘nish va tuproqni tahlil qilish texnologiyalarini rivojlantirish uchun avtomatik sayyoralararo qo‘nish stansiyasini ishga tushirish loyihasi hisoblanadi.
Loyiha 2016-2025 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federal kosmik dasturiga kiritilgan.
Uchirish Vostochniy kosmodromidan amalga oshiriladi. Start 11 avgustga rejalashtirilgan. «Roskosmos» ma’lumotlariga ko‘ra, gap deyarli 50 yil ichida Rossiyaning birinchi Oy missiyasi haqida boryapti.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025