Videomurojaat tumandagi Obihayot mahallasi raisi Xudoynazar Pölatov tomonidan yöllangan. Mahalla raisi hokim topşiriğiga köra fermerlar bilan uçraşib, soliq tölaş kerakligini tuşuntirgan. Biroq fermerlar hududda muammo köpligi, jumladan suv tanqisligi sababli oğir vaziyatga tuşib qolişganini aytgan.
Xudoynazar Pölatovning aytişiça, odamlarda suvdan taşqari ham bir qança muammolar yiğilib qolgan. Şu kabi masalalarni Asrol Boyqorayevga ma’lum qiliş uçun hokimiyatga borganida hokim qabul qilmagan. Hokimning örniga örinbosarlari javob bergan. Mahalla raisi hokim örinbosaridan: “Nima muammong bölsa, özing yeçasan. Hokimda nima işing bor, hokim senga nima qilib beradi? Nima uçun işlayapsan, agar qölingdan kelmasa, ket”, qabilidagi javobni olganini aytmoqda.
“Yigirma martalar faollar iştirokida mahallamizdagi muammolarni hokimga aytmoqçi böldik, lekin bizni eşitmadi.
Odatda hokimiyat majlislar zaliga yiğilamiz. Har safar mavzu soliq va quyoş panelidan boşlanib, şu muammo bilan tugaydi. Aholining dardi, aholining muammosi haqida hokim heç kimning ovozini oçganiyam, gapirganiyam qöymaydi.
Hammamizni ona yaratgan. Biroq yiğilişlarda hokim Boyqorayev har doim ota-onadan sökadi, haqorat qiladi. Bu gaplarga çidab bölmaydi, şu yoşga kirib men bunaqa sökişlarni eşitaman, deb öylamagandim. Yiğilişlarning aksariyatida xotin-qizlar ham qatnaşadi. Hokim mana şunday paytdayam oğziga kelgan haqoratni aytaveradi”, – deydi yetmiş beş yoşli mahalla raisi Xudoynazar Pölatov.
Kun.uz ixtiyorida videomurojaatning töliq varianti mavjud.
Bundan taşqari, ovozi Koson tumani hokimiga tegişliligi aytilayotgan boşqa audio ham Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşdi. Bu audioda ovoz egasi unga böysunuvçi şaxsni ayovsiz haqoratlagan, ota-onasidan sökib, kurakda turmas sözlarni işlatgan.
Eslatib ötamiz, Asrol Boyqorayev bir muddat avval yiğilişda fermerlarning rözasini majburan oçdirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat böyiça Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi Boş prokuraturaga xat çiqargandi. Lekin Boş prokuraturaning xulosasi hozirgaça ma’lum qilinmagan.

















