Jalol Arashov Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
J.Arashov 1988 yil 6 oktyabrda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - muhandis-iqtisodchi.
U 2022 yil iyunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Botir Shahriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 2022 yil aprelidan turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va 2023 yilning yanvarida ushbu lavozimdan ozod qilingan.











