Muzokarada ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasida erishilgan kelishuvlar hamda amalga oshirilgan va oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi 2-rektorlar forumini Seulda o‘tkazish, mamlakatda tahsil olayotgan talabalar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish va almashinuv dasturlarini faollashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Joriy yil 20-21 sentabr kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan «Global ta’lim va innovatsiyalar sammitiga» (GEIS) O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tadbir butun dunyo bo‘ylab innovatsion ta’lim tajribalarini almashish va ta’limning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha hamkorlik qilishni maqsad qilgan.