Bugun, 11 avgust kuni Xalq deputatlari Marğilon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi.

Xalq deputatlari Marğilon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgan Adhamjon Ziyovuddinov örniga yangi şahar hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Şukurulloxon Xolmatxonoviç Nisbatxonov nomzodi Marğilon şahar deputatlari tomonidan yakdillik bilan qöllab-quvvatlandi.

Şukurulloxon Nisbatxonov 1969 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. 1988 yili Marğilon reja-iqtisod texnikumini, 1997 yilda esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi – iqtisodçi.

Mehnat faoliyatini 1992 yilda Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimida boşlagan. Keyinroq Farğona viloyati davlat soliq boşqarmasida işlagan, 2019 yilda boşqarma boşliği örinbosari, 2020 yilda boşqarma boşliği bölgan.

2022 yil aprelida esa Qaşqadaryo viloyati DSB boşliği lavozimiga ötkazilgandi. 2023 yil 10 avgust kuni Şuhratali Imomov Nisbatxonov örniga Qaşqadaryo viloyati DSB boşliği etib tayinlandi.

  • Adhamjon Ziyovuddinov Marğilon şahriga 2020 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2023 yil iyul oyi oxirida prezident Şavkat Mirziyoyevning Farğona viloyatiga taşrifi çoğida ötkazilgan yiğilişda işdan olingandi.
  • Bundan oldinroq Bahodir Xoliqov Rişton tumani hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.