Ortda qolayotgan hafta davomida mamlakatimizda röy bergan muhim voqea-hodisalar şarhi bilan Kun.uz dayjestida tanişing.

Umra ziyoratiga oid yangiliklar

Endi Özbekiston fuqarolari ham Saudiya Arabistoniga kiriş uçun elektron viza olişi mumkin. Podşohlik turizm vazirligining ma’lum qilişiça, fuqarolariga elektron tarzda viza beriladigan davlatlar röyxatiga 8 ta mamlakat, xususan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston ham qöşilgan.

Bu degani, endilikda Saudiyaga bormoqçi bölgan vatandoşlarimiz turfirmalarga murojaat qilib ötirmay, özlari mustaqil tarzda elektron viza rasmiylaştirib olişi mumkin. Bundan taşqari, vizani Saudiya Arabistoniga borgan paytda aeroportning özida ham rasmiylaştirsa böladi. Viza uçun tölov miqdori çegarada olinsa 480 riyol, onlayn olinsa 535 riyol deb belgilangan. Bu taxminan 126-142 dollarga töğri keladi.

Kiriş ruxsatining bu turi multiviza bölgani uçun uni olganlar 1 yil davomida sayyoh sifatida Saudiyaga köp marotaba kirib-çiqiş huquqiga ega böladi. Asosiy şarti – 1 yil içida Arabiston hududida bölişning jami muddati 90 kundan oşmasligi kerak. Bu vaqt davomida mamlakatda sayohat qiliş, şuningdek, Umra ibodatlarini amalga oşiriş mumkin. Elektron viza Haj ziyoratini qiliş huquqini bermaydi.

Özbekistonning özida esa Umra ziyoratlarini taşkil qilişdagi davlat monopoliyasi rasman bekor qilindi. Bu borada turfirmalarga birmunça vaqt oldin berilgan ruxsat norasmiy xarakterga ega bölib qolayotgan edi. 8 avgustdagi hukumat qaroriga asosan, Umra xizmatlari faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan körsatilişi belgilandi. Qarorda “faqat” sözining işlatilgani Din işlari böyiça qömita bu bozordan çiqib ketganini anglatadi.

Şu bilan birga, Umra ziyoratini taşkil qiladigan turfirmalar uçun lisenzion talablar ham belgilandi. Xususan, ular Turizm qömitasining Xavfsiz turizm jamğarmasiga kamida 100 ming dollar mablağni zaxira qilib qöyişi, diniy sohada diplomga ega kamida bitta xodimga ega bölişi, ziyoratçilarning guruh rahbari etib Özbekiston musulmonlari idorasining mutaxassislarini tayinlaşi kerak. 1 oktyabrdan kuçga kiradigan bu yangi qoidalar qatorida, şuningdek, voyaga yetmagan fuqarolarga Umra xizmatini körsatmaslik talabi ham bor.

Söm devalvatsiyasi

Sömning xorijiy valutalarga nisbatan qadrsizlanişida sakraş bölgani haftaning eng şov-şuvli voqeasiga aylandi. Payşanba kuni AQŞ dollarining sömga nisbatan qiymati 400 sömdan ortiqroqqa qimmatladi va birinçi marta 12 ming sömdan oşib, 12 135 sömgaça kötarildi. Bunda, bir kunlik qadrsizlaniş darajasi 3,5 foizga teng böldi. Taqqoslaş uçun, bu butun ötgan yil davomidagi devalvatsiya darajasi bilan teng. 2023 yil boşidan buyon hisoblaganda esa, söm dollarga nisbatan 7,4 foizga öz qadrini yöqotdi.

Markaziy bankning izohlaşiça, bu holat Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari bölgan Xitoy, Rossiya, Turkiya va Qozoğiston milliy valutalarining keskin qadrsizlanayotgani bilan boğliq. Yil boşidan beri rubl 32 foizga, lira 45 foizga, yuan esa oxirgi bir yilda 7 foizdan ortiqroqqa qadrsizlangan. Bu esa Özbekistonda valuta tuşumining kamayişiga va importning oşişiga olib kelgan, öz navbatida içki valuta bozorida taklif kamaygan. Şu sababli regulyator 10 avgustdagi holatni “fundamental omillar ta’siridagi töğrilaniş” deb atadi. Rasmiylarga köra, yil oxirigaça va örta muddatli istiqbolda bunaqa darajadagi katta sakraş boşqa takrorlanmaydi.

Markaziy bank sömning bu qadrsizlanişi içki bozorda narxlar sezilarli oşişiga olib kelmasligiga işonmoqda. “Albatta, iste’mol savati içida ma’lum darajada import tovarlari bor, ularning narxiga kiçik ta’sirlar bölişi mumkin, lekin 4 foiz özgariş katta ta’sir qiladi deb öylamayman”, – dedi Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev. U idora boşqaruvining ikki hafta oldingi yiğilişida yillik inflatsiya prognozini 8,5–9,5 foiz atrofida saqlab qolişga qaror qilinganini eslatdi. Ya’ni regulyator bu prognozni qayta tasdiqlaşda dollar kursi oşişini ham inobatga olgan.

Iqtisodçi Abdulla Abduqodirovning aytişiça, Markaziy bank şu paytgaça oltin-valuta zaxiralari hisobiga konvertatsiya kursini uşlab qolişga harakat qilib kelgan. U hozirgi şaroitda odamlarga qanaqa tavsiya berasiz degan savolga javoban, aholining qarz yuki yildan yilga oşib borayotganini eslatdi. “Agar dollarda qarzi bölsa, tezroq tölaş harakatida bölişsin. Lekin buni aytişga oson…” – dedi iqtisodçi.

UzAuto Motors şartnomalarning ikkilamçi sotuvidan ogohlantirdi

Keskin devalvatsiyaning ertasiga, banklarda dollar kursi biroz tuşişi kuzatildi. Bunga şu kuni UzAuto Motors dilerlaridan olingan şartnomalar böyiça tölov qilişning oxirgi kuni bölgani ham qisman ta’sir qilgan bölişi mumkin. Avtokorxona ötgan hafta oxirida mijozlar bilan 50 mingta şartnoma tuzgan edi. Ma’lum bölişiça, bir kunlik sotuvda omadi kelgan xaridorlarning ayrimlari imkoniyatdan foydalanib ortiqça şartnomalar ham olib çiqqan. Köp ötmay ular bu şartnomalarni internet platformalarida bir neça yuz dollardan ming dollargaça bölgan narxda sotuvga qöydi.

Bunga javoban UzAuto Motors odamlarni ogohlikka çaqirib, bitimni boşqa odamning nomiga qayta rasmiylaştiriş imkonsizligi, avtomobil yetkazib berilganida u kimning nomiga çiqqani haqidagi ma’lumot tegişli organlarga taqdim etilişini ma’lum qildi.

Amaldagi tartibga köra, bitta şaxs bir xil model uçun ikkitadan ortiq avtomobilga buyurtma bersa, birinçidan keyingi avtomobillarni yetkazib beriş muddati 120 kunga keçiktiriladi. Kompaniya bayonotida aytilişiça, olibsotarlarga qarşi kuraşni kuçaytiriş uçun bu muddatni 270 kungaça uzaytiriş masalasi körib çiqilyapti.

67 ta sisternadagi neft voqeasi

Afğoniston Milliy standartlar agentligi Özbekistondan olib kirilgan neft mahsulotlarini ortga qaytarib yubordi. Vakolatli organ sifati past neft importiga qarşi çoralar körayotganini aytib, sifatsiz deb topilgan 67 vagon mahsulot Xaritan portidan ilk marta Özbekistonga qaytarib yuborilganini bildirgan.

Masalaga tezda “Özbekneftgaz” tomonidan aniqlik kiritildi. Unga köra, gap Qaşqadaryodagi GTL zavodida işlab çiqarilgan sintetik dizel haqida ketyapti. Ma’lum qilinişiça, nomi oşkor qilinmagan turk kompaniyasi GTL zavodidan 3,4 ming tonna, ya’ni 67 vagon sintetik dizel komponentini sotib olgan. Sotuv paytida zavod vakillari xaridorni sintetik dizel va uning komponenti böyiça standartlar Afğonistonda hali joriy qilinmagani haqida ogohlantirgan. Xaridor kompaniya esa sintetik dizelni an’anaviy dizel bilan kompaundlaştirgan holda Afğonistonga olib kiriş reja qilinganini bildirgan.

Qaytarilgan mahsulot Özbekistonga qaytib olib kirilganmi-yöqmi, aniq emas. Faqat şunisi ma’lumki, Afğoniston tomoni neft mahsulotini GTL zavodiga qaytarmagan. Çunki tovarni qöşni davlatga zavod emas, importyor kompaniya olib kirgan. “Özbekneftgaz”ga köra, turk kompaniyasi sotib olgan mahsulotining pulini yuz foiz tölagan. Xaridor mahsulotni qaysi davlatda qanday qilib sotişini özi belgilaydi, deyiladi rasmiy izohda.

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning uçta mulkini nazoratga oldi

Yevropaning bir neçta davlatlarida Gulnora Karimovaning korrupsion jinoyatlari böyiça huquqiy jarayonlar davom etyapti. 8 avgust kuni Britaniya hukumatining Katta firibgarliklarga qarşi kuraşiş byurosi Karimovaning uçta köçmas mulki sud qarori bilan byuro nazoratiga ötganini ma’lum qildi. Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimovaga köra, mulklar musodara qilinmagan, faqat vaqtinça tegişli organning nominal nazorati ostiga ötgan.

Gap Londonning qimmat tumanlaridan biri Belgraviyada joylaşgan 2 ta kvartira va Surrey grafligidagi uy haqida ketyapti. Bu uçta mulkning umumiy qiymati 20 mln funtdan ortiqqa baholangan. Ingliz rasmiylarining fikriça, Gulnora Karimova va uning oilasi bu mulklarni Özbekistondagi korrupsion faoliyatdan topgan pullari hisobiga sotib olgan.

“Byuroning hisoblaşiça, Karimova 2004-2012 yillar oraliğida Özbekiston bozoriga kirişiga yordam beriş evaziga telekommunikatsiya kompaniyalaridan yuzlab million dollar pora olib kelgan”, deyiladi Angliyaning vakolatli organi bayonotida.

Eslatib ötamiz, Gulnora Karimova 2019 yil mart oyidan buyon Zangiotadagi ayollar qamoqxonasida jazo ötayapti. Özbekiston hukumati bir qator xorijiy davlatlardagi unga boğliq aktivlarning jami qiymatini salkam 1,4 mlrd dollarga baholagan va bu mablağlarning yuridik jihatdan imkonli qismini qaytarişga harakat qilyapti.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Prezident Şavkat Mirziyoyev kuz-qiş mavsumida energetika tizimining barqaror işlaşini ta’minlaş böyiça topşiriqlar berdi. Bu topşiriqlarni bajariş uçun sohaning mas’ul rahbarlari 11 avgustdan boşlab favqulodda rejimda işlaşi aytildi. Tayyorgarlik doirasida infratuzilmani ta’mirlaş, energoresurslar işlab çiqariş böyiça rejalarni bajariş, energotejamkorlikka ötiş, quyoş panellari örnatiş, öğriliklarga qarşi kuraşiş ustuvor yönalişlar böladi. Şuningdek, kömirda işlaydigan issiqxonalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari ma’lum qilindi.

Keng miqyosda kadr özgarişlari davom etyapti. Hafta davomida 3 ta viloyatda yangi prokuror, 7 ta viloyatda yangi boş soliqçi iş boşladi. Boş prokuror, içki işlar vaziri, qişloq xöjaligi vaziri, iqtisodiyot va moliya vaziri hamda Markaziy bank raisiga örinbosarlar tayinlandi. Şuningdek, bir neçta tumanlarda hokimlar özgardi. Yangi Toşkent şahrini quriş direksiyasiga quriliş vaziri örinbosari Davronjon Odilov rahbarlik qiladigan böldi. Şuningdek, Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jörayeva bilan tuzilgan şartnoma muddatidan oldin bekor qilingani jamoatçilik e’tiborini tortdi.

Toşkent metrosining yerusti bekatlariga nom berildi. Olmazor-Sergeli yönalişidagi bekatlar endilikda Çoştepa, Özgariş, Sergeli, Yangihayot va Çinor deb ataladi. Döstlik–Qöyliq yönalişi bekatlariga esa Texnopark, Yaşnobod, Tuzel, Olmos, Rohat, Yangiobod, Qöyliq, Matonat, Qiyot, Tolariq, Xonobod, Quruvçilar, Turon va Qipçop nomlari berildi. Yerusti metro halqa yönalişi “Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi” deb ataladigan böldi.

Avtomobilga davlat raqami belgisini olişdagi tölov miqdori özgaradi. 1 noyabrdan boşlab, tölov stavkasi bazaviy hisoblaş miqdorining 3,5 baravari deb belgilanadi. BHMning hozirgi qiymatida bu miqdor 1 mln 155 ming sömga teng böladi.

Toşkentda 17 yoşli qizga hujum qilgan erkak 10 yilga qamaldi. Köçadagi kameraga yozilib qolgan voqea videosi aprel oyida internetda tarqalgan edi. Mirobod tuman sudi 26 yoşli erkakni nomusga tegişga suiqasd qiliş jinoyatida aybdor deb topib, uni 10 yil muddatga umumiy tartibli koloniyada jazo ötaşga hukm qildi. Hafta davomida, şuningdek, Mirzo Uluğbek tumanida katta yoşli erkak 8 yaşar qizga köçada jinsiy tajovuz qilgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBBga köra, holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, erkak qölga olingan.