Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan shaxs 10 yilga qamaldi
U nomusga tegishga suiqasd qilish moddasi bo‘yicha ayblangan.

Foto: Toshkent shahri IIBB
Toshkent shahri Mirobod tumanida 17 yoshli qizga hujum qilgan shaxsga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
8 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida O.O. (1997 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlangan.
Sud hukmiga muvofiq O.O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (Nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. U endi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.
Oliy sud birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahri sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligini ma’lum qildi.
- Shu yil aprel oyida internetda noma’lum shaxs maktabdan uyiga qaytayotgan qizning orqasidan kelib quchoqlab olgani, uning yuzidan o‘pgach qochib ketgani aks etgan video tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay Toshkent shahar IIBB axborot xizmati voyaga yetmagan qizga tashlangan erkak qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

09:10 / 23.03.2025
Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025