Tayinlovga qadar u qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Davronjon Qobiljonovich Odilov muqaddam Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Gold Step Invest» MChJ direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2021 yil yanvarida qurilish vaziriga (o‘sha vaqtda Sherzod Hidoyatov) birinchi o‘rinbosar tayinlangandi.

2023 yil iyul oyi oxirida prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi» tashkil etilgandi. U keng vakolatlarga ega bo‘lib, shaharni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadi, investorlar bilan shartnomalar tuzadi va hokazo.