Saudiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini ochdi
Endi o‘zbekistonliklar maxsus portal orqali onlayn viza olishi mumkin. Ko‘p martalik bu viza yil davomida Umra qilish hamda podshohlik bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi. Elektron viza – Haj qilish, Saudiya Arabistonida yashash hamda ishlash huquqini bermaydi.

Foto: Kun.uz
Saudiya Arabistoni yana 8 ta davlat fuqarolari uchun podshohlikka kirish vizasini elektron viza portali orqali olish imkoniyatini ochdi. Ushbu davlatlar fuqarolari, shuningdek vizani Saudiya portlari yoki chegaralarida ham olishi mumkin.
Podshohlik turizm vazirligining ma’lum qilishicha, vizalar berishni kengaytirish maqsadida ochilgan ushbu tizimdan endilikda jami 57 ta davlat fuqarolari foydalana oladi. Ushbu mamlakatlar qatoriga Albaniya, Maldiv orollari, Ozarbayjon, Gruziya, Janubiy Afrika, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ham qo‘shildi.
Bu davlatlar fuqarolari vizani Saudiya Arabistoniga kirish aeroportlari va portlaridagi chegaralariga kelganda ham rasmiylashtirib olishi mumkin.
Bunga qadar MDH mamlakatlaridan faqat Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston fuqarolarida shunday imkoniyat bor edi.
Saudiya Arabistoni E-visa'si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.
Sayyohlik vizasi bilan turli tadbirlar, sayohat va dam olish, oila va qarindoshlar bilan mehmon sifatida tashrifi, shuningdek Umra ziyoratini amalga oshirish mumkin.
Ushbu viza bilan Haj ziyorati qilish mumkin emas. Shuningdek, elektron viza podshohlikda ishlash hamda yashash huquqini bermaydi. Elektron viza muddati tugagach, uni yangi muddatga rasmiylashtirish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viza narxi: onlayn olinsa 535 riyol (142 dollar), chegarada olinsa 480 riyol (126 dollar).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2023 yil 1 yanvardan boshlab Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun qaytish yoki uchinchi davlatga jo‘nab ketish chiptalarini taqdim etgan holda 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etgan edi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Central Park' da Ramazon hayiti: shodlik va unutilmas taassurotlarga boy 3 kun!
O‘zbekiston | 15:00
-
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
Sport | 14:32
-
Mirziyoyev va To‘qayev Olmaota yaqinidagi “Medeu” tog‘-chang‘i majmuasida bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:16
-
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?
O‘zbekiston | 14:02
Mavzuga oid

03:47 / 26.03.2025
Zelenskiy AQShning Ukraina va Rossiya bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

17:38 / 25.03.2025
Kreml: Saudiya Arabistonidagi Rossiya-AQSh muzokaralari mazmuni oshkor etilmaydi

15:14 / 24.03.2025
Saudiyada AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari. Bu haqda nimalar ma’lum?

14:50 / 23.03.2025