Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Kurtua o‘rniga yangi darvozabon oldi
Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalaga yangi mavsumni La Ligada o‘tkazadi.
Foto: Getty images
«Real» klubi «Chelsi» darvozabonini sotib olish shartisiz bir yilga ijaraga olganini e’lon qildi. Shartnoma 2024 yilning 30 iyun kuniga qadar imzolangan.
Ispaniyalik darvozabon o‘tgan haftada tizzasidan jiddiy jarohat olib, deyarli mavsum oxiriga qadar safdan chiqqan Tibo Kurtua o‘rniga taklif etilgan.
Avvalroq, Kepa Madrid klubiga o‘tish uchun «Bavariya» taklifini rad etgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli darvozabon 2018 yil 80 million yevro evaziga «Atletik»dan «Chelsi»ga o‘tgandi.
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026