So‘nggi haftalarda Ukrainadagi front chizig‘ida yozgi kampaniya natijasini belgilab beruvchi janglar boshlandi. Ikki tomon ham zaxiralarining bir qismini harakatga keltirdi va o‘z yurishlarida ayrim yutuqlarga erishdi. Rossiya qo‘shinlari shimolda — Xarkiv, Donetsk va Luhanskoy oblastlari chegarasida ilgarilagan, endi Ukraina qurolli kuchlarining Oskol daryosi sharqiy sohilida joylashgan butun guruhining kommunikatsiyalariga tahdid solmoqda. Ukraina armiyasi Baxmut yo‘nalishida va mamlakat janubida bosimni oshirmoqda. Bundan tashqari, Ukraina QK Xerson oblastida Dniproning chap sohiliga bir necha yangi desant guruhlari tashladi.
Ukraina QK ham, RF QK ham, aftidan, chuqur yorib kirishga umid qilmayapti: qo‘shinlarning ilgarilashi — rossiyaliklarniki ham, ukrainlarniki ham — juda sekin ketmoqda. Sababi — ikki armiya ham artilleriya, minalar va razvedka dronlariga tayangan holda himoyalanishni yaxshi o‘rganib olgan, ammo bunday mudofaani yengib o‘tishning yo‘lini o‘ylab topa olmayapti. Hozirda ikki tomon ham asosiy e’tiborini raqibni holdan toydirish uchun uning texnikalari (birinchi navbatda artilleriyani) va shaxsiy tarkibini yo‘q qilishga qaratmoqda va shundan keyingina hal qiluvchi hujumga o‘tishi mumkin.
Kupyansk yo‘nalishi
- RF QK iyul oyi oxiri va avgust oyi boshida Kupyanskning shimoliy chekkalaridan Svatovoning g‘arbiy chekkalariga qadar keng front bo‘ylab hujumga o‘tdi.
- Hozircha Rossiya armiyasi Karmazinovka va Raygorodka yaqinidagi bir necha kichik qishloqlar, Liman Perviy va Olshan atrofidagi, shu vaqtga qadar front chizig‘ida bo‘lgan va tomonlarning hech biri nazorat qilmagan qator aholi yashash manzillari, shuningdek Novoselovka posyolkasi xarobalari hamda unga qo‘shni bo‘lgan, kuzdan buyon qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelayotgan Kuzemovka stansiyasi egallanganini yutuq sifatida keltirishi mumkin.
- Ammo Rossiya yurishining real ahamiyati egallangan aholi yashash manzillari ro‘yxatidan kattaroq. Rossiya qo‘mondonligi asta-sekinlik bilan bu jangga yangi kuchlarini kiritmoqda (birinchi navbatda, hozirga qadar ta’tilga chiqarilgan va saflarini to‘ldirish bilan mashg‘ul bo‘lgan G‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari polklari va brigadalari). Ukrainaning shimoldagi qo‘shinlari esa barqaror mudofaa uchun yetarli zaxiraga ega emas.

2. Ukraina QK qarshi hujumga o‘tib, iyul oyi oxirida Jyerebets daryosining g‘arbiy sohiliga platsdarm qurgan Rossiya kuchlarini chekintirdi. Ammo RF QK platsdarmi to‘liq bartaraf etilgani aniq emas.



















