Bessellerga aylangan kitob, Netflix işlagan kino
Reks Xoyyermann asosiy gumondor deb qaralayotgan Gilgo biç seriyali qotilligi böyiça suriştiruv mamlakatda katta şov-şuvga sabab bölib, 13 yil davom etdi. New York Magazine jurnalisti Robert Kolker suriştiruv jarayoni haqida kitob yozgan va bu asar Amerikada çinakam bessellerga aylanib ketgandi. Asar asosida kino ham işlaşadi. Netflix homiyligidagi Liz Garbus tomonidan işlangan «Yöqolgan qizlar» kinosi ham maşhur böladi.
«Insonlar orasidagi iblis» – Gilgo biçdagi seriyali qotilliklar gumondori uşlandi
Qotilliklar asosiy gumondori çiqindi qutisidagi pitssa bölagidan olingan DNK namunasi orqali aniqlangaç, asosan mana şu epizod tilga olinib, göyoki oddiy tasodif 13 yillik suriştiruv uçun buriliş nuqtasi bölgandek taassurot uyğotayotgandi. Ammo aslida suriştiruv jarayonini kuçaytirgan asosiy omil mahalliy politsiya, prokuratura va FQB xodimlaridan tuzilgan katta guruh faqat Gilgo biç işi bilan şuğullana boşlagani edi.

Foto: AP
Butun dunyoda şov-şuv bölgan seriyali qotillik juda uzoq vaqtdan buyon sirli qolayotgani jamoatçilikda norozilik uyğotgaç, mahalliy hukumat iş bilan şuğullanuvçi xodimlar sonini oşirişga qaror qiladi. Yangi tuzilgan guruh gumondorlar sonini keskin oşiradi va ular orasida «risoladagidek va sipo» bölib yuruvçi arxitektor Reks Xoyyermann ham tuşadi. Uning gumondorlar qatoridan joy olişiga akasiga tegişli Chevrolet Avalanche pikapini tez-tez haydab turgani sabab böladi. Çunki qotilliklardan birini suriştiriş davomida guvohlar voqea joyi yaqinida aynan mana şunday markali, rangi ham Xoyyermannikiga öxşagan maşina körganini aytadi.
Şuningdek, seriyali qotillik qurbonlaridan biri Melissa Bartalemi işidagi bir epizod ham işni Xoyyermann tomonga buradi. Gap şundaki, 2009 yil, Bartelemi öldirilgan kuni uning opasiga noma’lum erkak sim qoqadi va opasini öldirgani, uni ham yöq qilişini aytib, tahdid qiladi. Keyinçalik bu telefon apparati taşlab yuborilgan. Aniqlanişiça, öşa qönğiroq Xoyyermann yaşaydigan uy atrofidan amalga oşirilgan.
















