10 yillardan buyon oçilmayotgan jinoyatlar

AQŞda katta şov-şuvlarga sabab bölgan va 10 yillardan buyon oçiq qolayotgan jinoyatlarning asosiy gumondori bölmiş arxitektor Reks Xoyyermann qölga olindi. U 11 kişini qiynab öldirgan bölişi mumkin. Qurbonlarning aksari yoş ayollar bölib, ularning jasadi Long-Aylend oroli yaqinidagi Gilgo biç sohilidan topilgan. Politsiya uşbu qotilliklarni 10 yildan buyon suriştirib kelayotgandi.

Reks Xoyyermann. Foto: Archinect

Seriyali qotilliklarda gumonlangan Xoyyermanni topişda u yemay qoldirgan pitssa bölagi yordam bergan. 59 yoşli arxitektorning uyidan çala yeyilgan pitssa çiqindiga olib çiqib taşlanadi. Yeyilmay qolgan pitssa bölagidan olingan DNK namunasi esa öldirilgan ayollardan birining jasadi solingan qopdagi namuna bilan bir xil bölgan.

Xoyyermannga ayni damda uç nafar ayolni öldiriş böyiça ayblov qöyilgan. Bular 2009 yilda öldirilgan Melissa Bartelemi, 2010 yilda öldirilgan Megan Uoterman va Ember Kostello. Arxitektor, şuningdek, 2007 yilda bedarak yöqolgan ayol Morin Breynard-Barns işida ham asosiy gumondor hisoblanadi.

Gilgo biç. Foto: Getty Images
Gilgo biçdagi qidiruv işlari. Foto: EPA
Gilgo biç seriyali qotilligi qurbonlari. Foto: NYP
Gilgo biç sohilidagi murdalar topilgan joylar. Foto: Reuters

«Gilgo törtligi»

OAVda bu tört ayolni «Gilgo törtligi» deb ataşadi. Gap şundaki, politsiya 2010 yil dekabr oyida boşqa bir ayol – 23 yoşli Şennen Gilbersni qidirayotganda 3 ayol jasadining qoldiqlarini topadi. Prokuror Rey Tirnining sözlariga köra ularning barçasi bir xil – yoki kamar yoki lenta bilan qöli boğlangan holatda topilgan. Jasadlar qopga öralgan bölgan.