Odessadan vaqtinchalik yo‘lak bo‘ylab birinchi kema yo‘lga chiqdi
Germaniyaning Joseph Schulte konteyner kemasi bortida - 30 ming tonnadan ortiq yuk. Avvalroq Rossiya Ukraina portlariga va teskari yo‘nalishda ketayotgan barcha kemalarni potensial harbiy yuk tashuvchi sifatida ko‘rib chiqishi haqida ogohlantirgan edi.

Foto: odessa-journal
Germaniyaning Joseph Schulte konteyner kemasi Rossiya «g‘alla bitimi» deb atalgan shartnomadan chiqqanidan keyin Ukraina ochgan vaqtinchalik yo‘lak bo‘ylab Odessani tark etgan birinchi savdo kemasi bo‘ldi. «Joseph Schulte (Hongkong bayrog‘i ostida) konteyner kemasi Odessa portini tark etdi va fuqarolik kemalari uchun Ukrainaning Qora dengiz portlari uchun belgilangan vaqtinchalik yo‘lak bo‘ylab harakatlanmoqda», — deb yozdi Ukraina jamoalar, hududlar va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Aleksandr Kubrakov 16 avgust, chorshanba kuni Facebook sahifasida.
Kubrakovning so‘zlariga ko‘ra, konteyner kemasi 2022 yil 23 fevraldan beri Odessa portida bo‘lib, Voronsovskiy mayog‘idan uzoqlashgan hamda Bosfor bo‘g‘oziga yo‘l olgan. Bortda oziq-ovqat bilan birga, 30 ming tonnadan ortiq yuk (2114 ta konteyner) bor. Ukraina vazirining ta’kidlashicha, uning mamlakati Xalqaro dengiz assotsiatsiyasiga (IMO) murojaatida Ukrainaning erkin tijoriy navigatsiya huquqini tan olgan holda Bosfor bo‘g‘oziga o‘z dengiz yo‘lini taklif qilgan.
Shuningdek, u vaqtinchalik yo‘lak «birinchi navbatda, Rossiyaning keng ko‘lamli harbiy harakatlari vaqtida Ukrainaning Chornomorsk, Odessa va Yujniy portlarida bo‘lgan kemalar evakuatsiyasi uchun foydalanilishini» aytdi.
Qora dengizdagi vaqtinchalik yo‘laklar
10 avgust kuni Ukraina Qora dengizda Ukraina portlariga va undan qaytadigan savdo kemalari uchun vaqtinchalik yo‘laklar yaratilganini e’lon qildi. Ikki kundan keyin kemalar uchun ro‘yxatga olish ochildi. Kema egalari Rossiya flotidan ehtimoliy tahdid, shuningdek, minalar xavfi haqida ogohlantirildi. Ukraina qurolli kuchlari harbiy-dengiz kuchlari faqat egalari yoki kapitanlari hozirgi sharoitda dengizdan o‘tishga tayyorligini tasdiqlagan kemalarga ruxsat berilishini bildirdi.
Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya hukumati g‘alla bitimidan chiqishini e’lon qildi. Moskva buni kelishuvning Rossiya eksportiga cheklovlarni olib tashlashga oid ikkinchi qismi bajarilmagani bilan izohladi. Kreml Rosselxozbankni SWIFT xalqaro to‘lov tizimiga qayta ulash, kemalarni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishi bilanoq bitimga qaytishga va’da berdi.
Rossiya va Ukraina tahdidlari
Moskva «g‘alla bitimi»dan chiqqanidan so‘ng, Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz bo‘ylab Ukraina portlariga yo‘l olgan barcha kemalarni harbiy nishonlar, bu kemalarda bayroqlari o‘rnatilgan davlatlarni Kiyev tomonidagi urush qatnashchilari deb atadi.
Ertasi kuni Ukraina Mudofaa vazirligi ham xuddi shunday bayonot berib, Qora dengizda Rossiya portlari va Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina hududlariga ketayotgan barcha kemalarni harbiy yuklarni olib o‘tuvchi sifatida ko‘rishi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yaqin 48 ichida Eronning ehtimoliy javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - NBC News
Jahon | 12:57
-
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi
Jahon | 12:28
-
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi
O‘zbekiston | 12:06
-
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi
Jahon | 11:58
Mavzuga oid

12:21 / 10.06.2025
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor

20:05 / 05.05.2025