Yöllardagi ölimlar: «qotil» haydovçilarga belgilangan jinoiy jazo juda yengil emasmi?
|00:00 / 16.08.202343 12815 min
Yildan yilga avtomaşinalar köpayib, şaharlarimizda tirbandlik hosil bölayotganiga qaramasdan, yöllarda avariyalar soni kamaymayapti, haydovçilar piyodalarning ölimiga sababçi bölişda davom etişmoqda. Muammo uçun qanday yeçimlar bor?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Gazeta.uz sayti qiziq ma’lumot bilan bölişdi. Özbekistondagi yöl-transport hodisalarining teng yarmi piyodalarni urib ketiş bilan boğliq ekan. Jurnalist bu borada 50 ta tasodifiy sud qarorlari bilan tanişib, hattoki yölovçi vafot etgan holatda ham haydovçilarga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanmaganiga guvoh bölgan.
Bu maqoladagi mulohazalarni uç-tört hafta muqaddam, tanişlarimdan biri Toyloq tumanida bölgan voqeani aytganidan söng yozişga jazm qilgan edim.
Tanişimning hikoyasiga köra, uning yaqinlaridan birini piyodalar ötiş joyida maşina urib ketadi. Yoşi keksaroq odam voqea joyida halok böladi. Kattalar, mahalla-köy aralaşadi, «yoş haydovçining umri qamoqda kuymasin», deb marhumning yaqinlari sudda da’vo qilişmaydi: haydovçi qamalmay qoladi. Oradan 6 oy ötgaç u maşinasida yana bir inson umriga zomin böladi.
«Agar bunday bölişini bilganimizda, öşa paytda uni qamatib yuborardik, şunda u yana bir insonning umriga zomin bölmasdi», — deydi tanişim.
Umuman, transport vositasida odam urib yuboriş Jinoyat kodeksining 266-moddasiga köra javobgarlik keltirib çiqaradi. Haydovçi tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş badanga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilişiga sabab bölsa BHMning 50 baravariGAÇA jarima, 360 soatGAÇA majburiy jamoat işlari yoki uç yilGAÇA axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi. Ya’ni bunday qilmiş uçun ozodlikdan mahrum etiş jazosi yöq, hattoki jabrlanuvçi butun umrga mayib-majruh bölib qolsa ham.
Öşa qilmiş odam ölişiga sabab bölsa — muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Ya’ni maşina haydab odam ölişiga sababçi böliş haydovçilik huquqidan muayyan (sud belgilaydigan) muddatga mahrum etib, 7 yilGAÇA ozodlikdan mahrum qiliş nazarda tutilgan.
«Gaça»larni bekorga katta harf bilan ajratib yozmadim. Amalda doim adolatli jazo belgilanmayapti, sud öz ixtiyoriga köra yengilroq jazolarni tayinlayapti, köryapmiz. Bu esa haydovçilarda jazodan osongina qutuliş mumkin, degan tasavvur hosil bölişiga, yöllarda yöl harakati qoidalariga e’tiborsiz bölişiga olib kelmoqda. Odam öldirib ham qamalmayotgan şofyorlarni körganlar juda bemalol bölib qolganga öxşayapti.
Nima qiliş kerak?
Avtotransport vositasida qoidabuzarlik qilib odam ölişiga yoki jiddiy tan jarohati olişiga (majruh bölib qolişi) sabab bölganlik uçun jazo qat’iylaştirilişi lozim (albatta, piyodaning aybi bilan röy bergan qoidabuzarlik — bundan mustasno).
Mavzuga oid
Masalan, transportni boşqariş asnosida köçadagi piyodalarning badaniga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazganlik uçun — kamida 500 BHM jarima va haydovçilik huquqidan 10 yil muddatga mahrum etiş belgilanişi lozim.
Agar urib yuborilgan odam voqea joyida yoki keyinçalik şifoxonada tuzalmasdan vafot etsa — qat’iy 10 yil ozodlikdan va haydovçilik huquqidan umrbod mahrum etiş lozim. Öldirilgan insonlar soni 2 va undan köproq bölsa, ozodlikdan mahrum etiş muddati 15 yil qilib belgilanişi kerak.
Ma’lumki, Jinoyat kodeksining 266-moddasi ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan jinoyatlar turkumiga kiradi. Şu bois, ikki holatdagi YTHlarni qasddan sodir etilgan jinoyat sifatida malakalaş kerak: piyodalar ötiş yölagidan ötayotgan piyodani urib yuborganlik va mast holda avtomobil boşqarib YTH sodir etganlik.
Jarima ballari tizimini joriy etiş «uxladimi?»
Umuman, şaharlarda va boşqa aholi yaşaş manzillarida piyodalar xavfsizligini ta’minlaş uçun piyodalar ötiş joyida «yotgan politsiyaçi» («lejaçiy politseykiy») örnatişni, ayniqsa maktablar va boğçalar oldidagi «zebra» çizilgan joylarda yöl sathini trotuar sathigaça kötariş lozimligi haqida avval ham yozdik, biroq mutasaddilar buni muhokama qilib ham körişmadi.
Xuddi şu maqolada yozilgan, köplab rivojlangan davlatlarda joriy etilgan qoidabuzar haydovçilarga jarima ballari tizimi joriy etilişi masalasi ham «uxladi», şekilli.
Buning uçun IIV DYHXB tomonidan ta’kidlangan, qoidabuzarlik uçun jarima ballarni qöllaş tizimiga tezroq ötilişi lozim. Faqat, bu tizimni kör-körona Rossiya Federatsiyasidan köçirib oliş bilan çeklanmasdan, dunyoning yetakçi davlatlaridan ham andoza oliş kerak, deb hisoblayman.
Aytaylik, «öyin boşida» biror qoidabuzarlikka yöl qöymagan toza haydovçida 0 ball bölsin. Qoidabuzarlikning yengil-oğirligiga qarab jarima ballari kiçikroq va kattaroq hisoblanişi kerak. Masalan:
Xavfsizlik kamari taqmaslik — +5 ball;
Yöllarda quvib ötiş qoidasini buziş — +5 ball;
Avtomobilga ruxsat etilmagan çiroqlar va sirenalar örnatiş — +5 ball;
Harakat çoğida haydovçining telefondan foydalanişi — +10 ball;
Töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş — +15 ball;
Transport vositasining old oynasini tonirovka qiliş — +20 ball;
Svetoforning qizil çiroğida köçani kesib ötiş — +20 ball;
Belgilangan tezlikni oşiriş — +20 ball;
Avtomobilni mast holatda boşqariş — +100 ball va h.k.
Bir yil içida belgilangan jarima ballarini 100 ballga yetkazgan haydovçilarning haydovçilik guvohnomasi ma’lum muddatga bekor qilinib, qaytadan imtihon topşirişga yöllaş kerak. Keyingi yilga esa jarima ballarining barçasi «kuymasligi» lozim. Faqat 50 foizi «kuyişi» kerak. Jarima ballari köpaygan haydovçilarning suğurtasi ham öz özidan qimmatlaşişi kerak.
Piyodalar xavfsizligi eng ustuvor bölişi kerak.
Özbekiston aholisining 90 foizi maşina boşqarmaydi, yöllarda piyoda harakatlanadi. Şuning uçun eng avvalo piyodalar xavfsizligini ta’minlaş lozim. Bizda esa doim haydovçilar manfaati birinçi öringa qöyiladi. Haydovçilar ham «piyoda doim haq», degan qoidani unutgan körinadi.
Kuni keça bir video kördim. Aholi punkti içida yölni kesib ötişga hozirlik körayotgan piyodaga yöl bergani uçun, haydovçi keyingi svetoforda töxtaganda yoniga yetib kelgan ikkinçi haydovçi e’tiroz qilyapti: «Katta yölda piyodaga unaqa yöl berilmaydi», deb.
Holbuki, yölga «zebra» çizilgan, bir emas, ikkita piyodalar ötiş joyi yöl belgisi örnatilgan. Öpka, potensial qotil haydovçilarimiz yöl belgisi nega örnatilganini ham bilişmaydi. Katta yölda piyodaga yöl berilmasa qayerda beriladi? Kiçik yöldami? Katta yöl maşinalar yelib harakatlanişi uçunmi faqat?
Çorrahalarda, aholi punktidagi yöllarda belgi örnatilgan joylarda piyodalar ötiş joyida yölni qoidaga köra kesib ötayotgan piyodaga yöl bermaslik uçun ham jarimalar oşirilişi şart — eng kamida 5 BHM darajasida. Buning uçun kameralarni köpaytiriş kerak. Ayniqsa, maktablar oldida.
Svetoforga bepisand haydovçilar
Piyodalar kesib ötadigan joyga svetofor örnatiş ham masalani hal qilmayapti, çunki svetoforning taqiqlovçi qizil belgisiga ham amal qilmaydigan haydovçilar nihoyatda köp. Svetoforga işonib yölni kesib ötayotgan yölovçilar ham juvonmarg bölib ketişyapti.
Masalan, svetoforning qizil çiroğiga ötiş uçun atigi 2 BHM jarima qöllangan, takroriy qoidabuzarliklarda jazo yanada qat’iylaştirilgani, köplab çorrahalarda kameralar örnatilganiga qaramay, mazkur qoidabuzarlik ham kamaymayapti.
Eng qiziği, potensial odam ölimiga olib kelişi mumkin bölgan qoidabuzarlik uçun jarima 2 BHM (660 ming söm) bölgani holida, masalan, ruxsatnomasiz tonirovka uçun 25 BHM (8 mln 250 ming söm) qilib belgilangan. Paradoks!
Demak, svetoforning qizil çiroğiga ötiş uçun darhol 5 BHM jarima qöllaş kerak. Şunda ham (jarima qöllangaç), bir yil davomida takroriy qoidabuzarlik uçun haydovçi jarima+haydovçilik huquqidan 1 yilga mahrum etib, şu muddatdan söng guvohnomasini imtihonni qayta topşirib olişni joriy qiliş kerak.
Umuman, haydovçilik guvohnomasidan ma’lum muddatga mahrum qiliş deyilganda, YHXBda «prava»ni bir joyga seyfga solib qöyiş, muddat ötgaç haydovçiga berib yuboriş emas, albatta imtihonni qayta topşirib oliş taqozo qilinişi kerak. Balki hozir ham qoidada şunaqadir, lekin «prava»sidan ayrilgan biror tanişim uni qayta imtihon topşirib olganini eşitmadim.
Radardan ham oson qutilişyapti
Bundan taşqari, tezlikka rioya etmaslik borasida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan jazolarni ham qayta körib çiqiş kerak.
Xususan, MJtKning 128 (3) moddasiga köra, transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan köp bölmagan kattalikda oşirib yuborgani uçun — BHMning 1 baravari (330 ming söm) miqdorida jarima belgilangan.
Agar 20 km/h.dan köp, 40 km/h.dan kamroq bölsa — 5 BHM (1 mln 650 ming söm), 40 km/h.dan köproq bölsa — 9 BHM (2 mln 970 ming söm) miqdorida jarima solinişi belgilangan.
Ammo, katta tezlikdagi takroriy qoidabuzarlik uçun kattaroq jarimalar belgilangani holida, 1 BHMlik jarima nazarda tutilgan qoidabuzarlikni istagança sodir etişga şaroit qilingan, boz ustiga 1 oy içida jarima tölansa 50 foizlik çegirma ham bor.
Tezlik uçun jarima qöllaşni haydovçilar uçun tuşunarli va sodda qiliş kerak.
1. Tezlik limitini 20 km/h.gaça buziş — 1 BHM jarima. 1 yil içida takroriy sodir etiş — har biri 5 BHM jarima.
2. Tezlik limitini 20 km/h.dan köpga buziş — 5 BHM jarima. 1 yil içida takroriy sodir etiş — har safargisi 5 BHMga oşib boruvçi jarima: 2-marta 10 BHM, 3-marta 15 BHM va hokazo.
Katta şaharlarda tezlik limiti 60 km/h qilib belgilangani köpçilik haydovçilarni asabiylaştirmoqda. Lekin şahar uçun bu tezlik ham köp. Limit 50 km/h.gaça pasaytirilişi kerak.
Nomerni yeçib harakatlaniş va jarima maydoni jazosi
Radarga tuşmaslik uçun avtomobil davlat qayd etiş raqamini yeçib yoki uni biror narsa bilan berkitib harakatlaniş «moda»ga aylandi. Hattoki özgartirilgan yoki öziga tegişli bölmagan avtoraqamlarni qöyib harakatlaniş kabi qoidabuzarliklarga ham guvoh bölyapmiz.
Avtoblogerlarimiz qörqmasdan, nomerlarni yeçib olişga oson bölişi uçun magnit orqali yopiştirişni, nomerni tösuvçi qurilmalarni reklama qilişmoqda. Bu bilan ular qoidabuzarlikni qadriyatga aylantiriş yölida «xizmat» qilişayotganini anglaşmayapti ham.
Mana şu kabi qoidabuzarliklar uçun belgilangan jarimadan taşqari qoidabuzarlik sodir etilgan avtomobilni ma’lum bir muddatga jarima maydonçasiga kiritib qöyiş bilan boğliq jazolar joriy etilişi kerak.
Aytaylik, yuqorida sanab ötilgan davlat raqam belgisini yaşirib, yeçib yoki maxsus berkituvçi uskunalar bilan harakatlangani uçun — 3 oy muddatga.
Noqonuniy tonirovka, ayniqsa avtomobilning old oynasini tonirovka qilib olganlar uçun ham 25 BHMlik jarima pasaytirilib, 3 oylik «jarima maydonçasi» yaxşiroq effekt beradi.
Şuningdek, maşinaga zavodda örnatilgan yoritiş çiroqlarini almaştirib, galogen lampalar örnatiş, migalka va sirenalar örnatiş, yöllarda qoidalarni buzib guruh bölib harakatlaniş (driftlar qiliş) kabi qoidabuzarliklar uçun ham avtomaşinalarni kamida 3 oyga jarima maydoniga joylaştiriş jazosini qöllaş kerak.
Avtotransport vositasini hujjatlarsiz boşqarişga esa — 15 sutka ham yetadi. Şunda, birovga maşinasini haydaşga berib yuborişlar darhol kamayardi.
DYHXX bazasiga ham şu avtomobil falon muddatgaça jarima maydonçasida bölişi kerakligi qayd etib qöyilişi kerak, toki jarima maydonçasidan ham olib çiqib ketilmasin, maşinani köçada ham hayday olmasin. Çunki jarima maydonçasida bölişi lozim bölgan maşinani haydaş yanada uzoqroq — aytaylik, 6 oy muddatga qat’iy jarima maydonçasiga kiritiş bilan jazolanişi nazarda tutilişi lozim.
«Ğişt»ga amal qilmaslik — atigi «0,25 minimalka»?
Yölning qarama-qarşi qismiga ötib harakatlaniş uçun 10 BHM jarima nazarda tutilgan. Ammo kiriş taqiqlangan (3.1 belgi), harakat taqiqlanadi (3.2 belgi) kabi yöl belgilariga amal qilmasdan köçaga kiriş uçun atigi 0,5 BHM jarima nazarda tutilgan. (Bu ikki belgi emas, taqiqlovçi belgilarga amal qilmaslikning barçasi 165 ming sömlik jarimaga tortiladi, xolos).
165 ming sömlik jarima 50 foizlik çegirma hisobga olinsa, qoidabuzarlik uçun tuşadigan 82 ming 500 söm jarima haydovçilarga çivin çaqqançalik ta’sir qilmaydi.
Yuqorida sanalgan ikki qoidabuzarlik ham yölning qarama-qarşi tomoniga çiqiş bilan teppa teng — 10 BHM miqdorida jarimaga tortilişi lozim. Çunki mantiqan öylab qaralsa, haydovçilar yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketişdan kam oqibat yaratmayapti (Buning iloji bor, albatta. Taqiqlovçi belgilar orasidan 3.24 va 3.27 kabi yöl belgilariga alohida jarima belgilangan-ku?)
«Stoyanka»ga aylanayotgan trotuarlar
Töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş uçun belgilangan jarima deputatlarimizning «hotamtoyligi» tufayli 3 BHMdan 2 BHMgaça kamaytirilgan edi. Bu esa töxtaş taqiqlanadi (3.27) yöl belgisiga amal qilmaslikni yanada kuçaytirdi.
Ayniqsa, yozning issiq kunlarida trotuarlar parkovkaga aylanayotgani piyodalarni asabiylaştirmoqda. Telegramda trotuarlarni egallagan maşinalar haqida fotohisobot jönatilayotgan kanal ham faoliyat körsatmoqda.
Trotuarlarga parkovka qilganlik uçun jazo alohida belgilanib, qat’iylaştirilişi lozim — menimça kamida 5 BHM jarima haydovçilarning «közi joyiga kelişi» uçun yetarli bölsa kerak. Bir yil içida takroran sodir etilgan şu qoidabuzarlik uçun — 10 BHM jarima.
Şahar köçalari çetida pulli töxtab turiş zonalari taşkil qilib, köçalarda avtomobillar taqiqlangan joylarga parkovka qilinişini ham nazorat ostiga oliş kerak. Bu borada jarima qöllaş şahar ma’muriyatining öziga topşirilsa — katta şaharlarda parkovka va jarima maydonçasiga joylaştiriş bilan şuğullanuvçi xizmatlar taşkil etilsa, harakatni ança tartibga soliş mumkin böladi.
Qoidabuzarlik sodir etilgan avtotransport vositasini huquqbuzarlik quroli sifatida «hibsga oliş» — jarima maydoniga joylaştiriş bu eng tez ta’sir qiluvçi jazo böladi. Çunki haydovçilarni YPX xodimi ham, jarimalar ham qörqita olmayapti. Aniq işonamanki, unaqalarni faqat maşinasidan ma’lum bir muddatga judo qilibgina qoidabuzarlikni qayta takrorlamaydigan tarzda jazolaş mumkin.