Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda tarixiy obidalarga vertolyot turlari tashkil etilishi mumkin
Uzbekistan Helicopters bunday imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.
Buxoro viloyati, Romitan tumani, Bo‘rontepa qo‘rg‘oni yonidagi Varaxsha massivida joylashgan qadimiy yodgorlikka vertolyot turi tashkil etilishi mumkin.
- Buxoro viloyatida «Bukhara Desert Oasis & Spa» majmuasida vertolyot turlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqyapmiz», dedi Uzbekistan Helicopters korxonasi rahbari Sardor Normuhammedov. - Qilinayotgan tadbirlar viloyatga turizm oqimini yanada oshiradi. Mahalliy va chet el sayyohlari uchun dunyo standartlariga javob beradigan mukammal bir mahsulot taqdim etadi.
Qayd qilinishicha, Buxoro viloyatiga 2022 yilda uch yarim million sayyoh kelgan, 2025 yilda bu ko‘rsatkichni o‘n millionga yetkazish rejalashtirilgan.
Bo‘rontepa yodgorligini turizm chorrahasiga aylantirish yo‘nalishida ham ishlar boshlab yuborilgan. Ushbu maskandan Xorazm va Samarqand shaharlariga vertolyot va samolyot reyslari yo‘lga qo‘yilishi ham rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026