O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanishiga juda oz vaqt qoldi. Bu yildan boshlab barcha 1-4-sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida ta’lim oladi. Buning uchun kitoblar 770 nomda 72 mln nusxada chop etilmoqda. Xo‘sh, darsliklarning ijara masalasi qanday bo‘ladi? Boshlang‘ichdan tashqari, yuqori sinfdagilarga ham yangi kitoblar beriladimi? Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilshoda Norboyevaning aytishicha, bu yil ham o‘quvchilar uchun darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi.
“O‘tgan o‘quv yilida ham bu narsa joriy etilgandi, bu yil ham u amalda. Ya’ni o‘quvchilar uchun darsliklar bepul tarzda ijaraga beriladi, bunda hech qanday ijara to‘lovi mavjud emas. Bu to‘lovlar davlat budjetidan to‘liq qoplanadi. Yuqori sinf o‘quvchilarimiz uchun Cambridgeʼning informatika darsliklari barcha ta’lim tillarida O‘zbekistonga moslashtirilgan holda chop etilmoqda. Bundan tashqari, 1-11-sinflar uchun Cambridgeʼning ingliz tili darsliklari mahalliylashtirilgan va ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy etilgan.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida fransuz tili bo‘yicha xorij nashriyoti bilan shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra, 1-11-sinflar uchun fransuz tili darsliklarini mahalliylashtirish, moslashtirish hamda ta’lim muassasalarimiz uchun chop etib berish ko‘zda tutilgan. Qolaversa, nemis tilini sifatli o‘qitish uchun ham Germaniya tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomamizga muvofiq, nemis tili darsliklari ta’lim muassasalarimizga yetkazib berildi”, – deydi vazirlik boshqarma boshlig‘i.
Sentyabrdan boshlab respublikadagi 124 ta maktabda tanlov fanlari amaliyoti tajriba-sinov tarzida joriy etiladi. Bu yildan 10-11-sinf o‘quvchilari 11 ta majburiy fandan tashqari, 2 ta o‘zlari istagan yo‘nalishda kerakli fanlarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bunda tanlov fanlari 4 ta yo‘nalishga bo‘lingan.
“Tanlov fanlar tajriba-sinov tarzda yo‘lga qo‘yilayotgani uchun bu yil ularni 4 ta yo‘nalishda taqdim etyapmiz. Ular: kimyo-biologiya, fizika-matematika, ona tili, adabiyot-chet tili, matematika-chet tili yo‘nalishlarida bo‘lyapti. Bunda yuqori sinf o‘quvchilarimiz kelajakda tanlagan kasbi uchun kerak bo‘ladigan fanlar doirasida chuqurroq bilim olishlari ko‘zda tutilmoqda. Mana shu jarayonni tashkil etish uchun avvalo o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlari inobatga olinishi lozim. Shu maqsadda so‘rovnomalar o‘tkazildi, uning natijalariga ko‘ra, tanlov yo‘nalishlari tanlab olindi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining dasturlari moslashtirildi. Ya’ni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining yuqori sinflari uchun yaratilgan dasturlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda”, –






