Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Malayziya qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mineral o‘g‘itlar yetkazib berishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Malayziya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Muhammad bin Sabu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo
Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlik, O‘zbekistonda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan parranda go‘shti va tuxum, Malayziya qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mineral o‘g‘itlar yetkazib berish masalalari xususida fikr almashdi.
Malayziya tomoni o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zining sifati va maqbul narxlari sababli ularning eksporti hajmini oshirish kerakligini bildirdi. Malayziya mamlakatda yetishtiriladigan parranda go‘shti va tuxum uchun salohiyatli bozor ekanini ta’kidlab, ushbu mahsulotlar uchun Malayziyaning Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) tomonidan tan olinadigan «Halol» sertifikatlari talab etilishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakuni joriy yil 25-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyatining Malayziyaga safarini tashkillashtirish hamda oktyabr oyida ikki davlat Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida onlayn uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026