Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi
Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan.
Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimini tark etgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.
Manbaning tasdiqlashicha, endilikda prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan.
Prezident matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, Umrzoqov O‘zbekiston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarlik qilgandi.
2022 yil 16 iyulida esa Nizomiddinov salomatligidagi muammo sabab ishdan ketgan va uning o‘rnini Sardor Umrzoqov egallagandi.
- Bundan avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi Sunnatilla Bekenov ishdan olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:58 / 14.05.2026
Behzod Normatov prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi
13:38 / 04.09.2025
Bosh vazir o‘rinbosari avtomobillar narxini “tartibga solish”ni buyurdi
11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
18:34 / 14.07.2025