Prezident kiçik biznesga yangi imkoniyatlar yaratiş muhimligini ta’kidladi.
Sönggi yillarda mamlakatda mikro-biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça katta amaliy işlar qilindi. Natijada bugun har bir mahallada kamida 40-50 nafar yangi tadbirkorlar paydo bölib, minglab doimiy iş örinlari yaratilmoqda.
Lekin kiçik biznesni manzilli qöllab-quvvatlaş, ularga zarur şart-şaroitlar yaratiş borasida qulay muhit hali töliq şakllanib ulgurmadi, dedi davlat rahbari.
Kiçik tadbirkorlar “oyoqqa turib olişi” va faoliyatini kengaytirişi uçun mutlaqo yangi yondaşuvlar joriy qilinadi.
Bunda, uşbu soha vakillarini tadbirkorlikka öqitiş, ularga loyiha qilib beriş, faoliyatini moliyalaştiriş, mahsulotlariga bozor va biznesiga şeriklar topiş böyiça yaxlit eko-tizim yaratiladi.
Buning uçun, eng avvalo, “Qişloq quriliş bank” “Biznesni rivojlantiriş banki”ga aylantiriladi. Uşbu yangi bankning faoliyati ham, işlaş uslubi va moliyalaştiriş mexanizmlari ham yangiça böladi.
Jumladan, bank huzurida har bir hududda jami 14 ta kiçik biznes markazlari taşkil etiladi. Markazlar taşabbuskorlarning biznes loyihalarini işlab çiqişga kömaklaşadi, öz hisobidan yangi loyiha qilmoqçi bölgan tadbirkorlarni öqitadi, yangi loyihalarga zarur mutaxassislarni jalb qiladi, tadbirkorlar uçun buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boşqa konsalting xizmatlarini körsatadi.

















