Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston kompaniyasi Namanganda sog‘lomlashtirish markazi uchun sarmoya kiritadi
Chortoq tumanida sanatoriya va sog‘lomlashtirish markazini tashkil etish loyihasiga 5 mln dollar ajratish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ko‘magida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Okibjon Inomov Hindistonning EI Company kompaniyasi rahbari Mitesh Verma bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Chortoq tumanida sanatoriya va sog‘lomlashtirish markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.
Tomonlar yangi qo‘shma sog‘lomlashtirish maskanini barpo etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga e’tibor qaratib, uni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, eng so‘nggi bilim va texnologiyalarni joriy qilish, mutaxassislar malakasini tizimli tarzda oshirib borish bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan o‘zaro fikr almashilgani aytilmoqda.
Hindiston kompaniyasi tomonidan mazkur loyihani hayotga tadbiq etish doirasida 5 million AQSh dollari miqdoridagi sarmoya kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026