Inson tanasi uchun mo‘ljallangan konditsioner ixtiro qilindi
Muhandislar smartfon o‘lchamida portativ konditsioner yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Foto: hycier.com
Xitoy startapi QOOLA Pro ixcham tashqi konditsionerni taqdim etdi. Bu haddan tashqari terlash va issiqlikka chidamsiz odamlar uchun haqiqiy yechimdir.
Qurilma tananing istalgan qismiga - qo‘llar, oyoqlar, orqa va hatto yuzga biriktirilishi mumkin. Buning uchun uzunligi sozlanishi mumkin bo‘lgan maxsus tasma mavjud. Ishlab chiquvchilar uni belga joylashtirishni tavsiya qiladilar, bu holda salqin havo butun tana atrofida aylanadi.
Gadjetning og‘irligi atigi 190 gramm, shuning uchun u amalda noqulaylik tug‘dirmaydi.
Konditsioner haroratini 12°S dan 21°S gacha sozlash mumkin. Sovitish uchun atigi 30 soniya vaqt yetarli ekani, bitta zaryad bilan 8 soat davomida sovitish mumkinligi aytilmoqda.
QOOLA Pro tashqi haroratga qarab quvvatni avtomatik ravishda o‘zgartira oladigan sun’iy idrok rejimiga ega. Muhandislar qurilmani smartfondan boshqarish uchun maxsus mobil ilovani ham ishlab chiqdi.
QOOLA Pro uchun 69 dollarga (taxminan 830 ming so‘m) oldindan buyurtma berish mumkin. U noyabr oyidan xaridorlarga yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

23:32 / 18.10.2024
Konditsioner va elektromobillar kelajakda energiya iste’molining asosiy drayveri bo‘ladi

09:46 / 27.06.2024
Toshkent yerusti metrosi vagonlarida sovitish tizimi ishlamayotgani sababi aytildi

18:43 / 02.12.2023
Ilk o‘zbek kompyuter o‘yini e’lon qilindi

17:24 / 21.08.2023