Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida tashkil etilayotgan Hamshiralar akademiyasi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Loyihaga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda hamshiralar ta’lim tizimini tubdan transformatsiya qilish maqsadida quyidagilar joriy etiladi:
- o‘qish muddati ikki yillik birlamchi tibbiyot muassasalari uchun “Umumiy amaliyot hamshira”, “Patronaj hamshira”, “Tibbiy ijtimoiy ish”, “Tibbiy profilaktika ishi” xodimlari o‘qitiladi;
- o‘qish muddati uch yillik “Ixtisoslashgan hamshira”lar tayyorlanadi. Ixtisosliklari bo‘yicha “Feldsherlik ishi”, “Hamshiralik ishi”, “Funksional va laborator diagnostika ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
- o‘qish muddati 4 yillik tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassislari tayyorlanadi. Bunda JSST tavsiyalariga ko‘ra, to‘rt yil o‘qigan hamshiralarga “Hamshiralik ishi bakalavri” yoki “Hamshiralik ilmiy bakalavri” unvoni beriladi.
- “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisiga magistraturada ta’limini davom ettirish, keyinchalik mustaqil ilmiy izlanuvchi sifatida faoliyat olib borish imkoniyati, ilmiy unvon va lavozimga ega bo‘lish huquqi beriladi.















