Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ikki davlat o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
Hujjat O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi aytilmoqda.
Qayd qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

2023-2024 yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», energetika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida, yoshlarga oid siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, Media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» shular jumlasidan.
Bundan tashqari, Fuqarolarning vizasiz qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, «Ye-permit» ruxsatnoma blanklarini elektron almashish axborot tizimini joriy qilish, oila va bolalarni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi hamda Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi, kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.
Mavzuga oid
18:47
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:08 / 11.02.2026
Aliyev va Vens strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
22:04 / 05.02.2026