2001-2006 yillarda Tailand hukumatini boshqargan 74 yoshli Taksin Chinavat milliarder, «Manchester Siti» klubining sobiq xo‘jayini hisoblanadi. U 2006 yil harbiy to‘ntarish oqibatida ag‘darilgan va mamlakatdan qochib ketgan edi.

Xorijda bo‘lib turgan vaqtida Chinavatga nisbatan bir nechta moddalar, xususan, korrupsiya va vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha ish ochilib, sirtdan qamoq jazosi tayinlangandi. Taksin Chinavat qo‘lga olinishini bilib turib, ixtiyoriy tarzda Tailandga qaytib kelgani aytilmoqda.