Talabalardan ortiqcha hujjat talab qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatildi
Adliya vazirligi talabalardan ortiqcha hujjat talab qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalardan turli hujjatlar so‘ralayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Adliya vazirligi ularning ba’zilarini talab etish qonunga zid ekanini ma’lum qildi.
Jumladan, aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini;
- shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini;
- jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi yoki umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);
- kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);
- soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (STIR);
- oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni.
Shuningdek, ushbu hujjat va ma’lumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ularni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortiladi.
Bunday hujjatlar talab qilingan taqdirda, fuqarolar Adliya vazirligi va hududiy adliya organlariga murojaat qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
-
Qamchiqda yukxonadagi elektroskuterda yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida Changan yonib ketdi
O‘zbekiston | 09:28
Mavzuga oid

18:00 / 01.04.2025
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi

23:18 / 27.03.2025
“Marhamat, biz ochiqmiz” – vazirlik yuridik yo‘nalishda litsenziya ololmayotgan oliygohlar bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

20:18 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi

15:07 / 11.02.2025