Germaniyada şaharsozlik böyiça ta’limni davom ettirayotgan Husan Muqimov şaharda infrzatuzilmani yaxşilaş uçun jamoat transportiga ustuvorlik beriş töğriligini, biroq faqat bu işlar bilan odamlarni şaxsiy avtomobildan voz keçişga undab bölmasligini ta’kidladi.

Şaharsoz şaxsiy avtomobillardan foydalanişni kamaytirişga undaş uçun töğri ma’nodagi tarğibot zarurligini qayd etdi.

«Avvalo odamlarga bu jarayonni misol tariqasida körsatiş zarur. Masalan, Germaniyani oladigan bölsak, bu yerda yölning ma’lum qismini olib, öşa yöl uçun çiroyli, muhim va «aqlli» loyiha qilinadi, şu loyiha odamlarga körsatilgaç, ular şaharda harakatlanişi uçun 2 xil variant borligini bilişadi. Çiroyli va keng köçalarni qisqartirib, veloyölaklar, landşaftli jamoat joylarini qilib, aholiga körsatsak, odamlar öşa yerda sayr qilişni boşlaydi va ularda [avtomobilli yöllar bilan hozirgisiga nisbatan] soliştiruv paydo böladi. Buning ortidan esa avtomobildan voz keçiş uçun pozitiv kayfiyat yuzaga keladi. Bu muhim omillardan hisoblanadi.

Serbiya poytaxti Belgradda bir neça kilometrlik veloyölaklar qurilgan, lekin ularning hammasi böş qolgan. Çunki odamlarni veloyölak quriş bilan velosipedga ötirğizib bölmaydi. Bu – juda katta notöğri fikr. Şuning uçun qurmaslik kerakmi, degan savol ham tuğilişi mumkin, yöq, aksinça, quriş lozim. Lekin tarğibotni ham qiliş kerak. Busiz bölmaydi.

Tarğibot jarayoni ham 2 nafar bloger va 2 ta internet sayti bilan emas, yuqori darajada ötkazilişi lozim. Qiziği, tarğibot deganda qöpol va notöğri propagandani tuşuniş kerak emas, tarğibot töğri bölişi kerak. Yaxşi misollarni körsatişimiz kerak, yaxşi loyihalarni qilişimiz va uni asoslab berişimiz kerak. Yevropada şaharlarni rejalaştirişning asosiy prinsipi ham bu – qilinayotgan loyihaning asoslab berilişi.

Agar öşa loyihani asoslab berolmasangiz, yölni yopib, veloyölak taşkil qilamiz desangiz, birdaniga savol beriladi, ya’ni odamlarning bu joylardan foydalanişiga qanday asos bor, bu qanday kafolatlanadi, degan. Şuning uçun mana şunday faktorlarni ham inobatga oliş lozim. Hammasini parallel ravişda amalga oşiriş lozim. Birinçi tarğibot qilib, keyin yöl qurib, keyin jamoat transportini rivojlantiramiz desak, bu – qiyin masala.

Germaniyalik bir kursdoşim bilan suhbatimizda nima uçun Germaniyada haydovçi piyodani hurmat qilişi haqida savol örtaga taşlandi va bunga javob berildi. Ya’ni hurmat qiladi, çunki Germaniyada avtomobil haydovçisi özi ham köp vaqtda velosipedçi yoki piyodaga aylanadi. Şuning hisobiga bir-birini hurmat qiladi. Germaniyada avtomobilni juda yaxşi körişadi, hatto ularning muhabbati biznikidan (özbeklarnikidan) ham kuçli. Ayni vaqt men Bavariyadaman, bilamizki, bu yerda öşa maşhur BMW avtomobillari çiqariladi. Ba’zi tanişlarim avtomobilni juda qattiq «sevişadi». Lekin bu inson hayotidan ustun degani emas. Asosiysi şu, mana şu prinsipni inobatga olişimiz lozim. Insonning hayoti, velosipedçi va piyodaning xavfsizligi muhim», –