Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyada Lox-Ness ko‘li maxluqini qidirish ishlari boshlandi
Ko‘ngillilar 26-27 avgust kunlari afsonaviy maxluqni izlab topishga urinib ko‘rishadi.
Shotlandiyalik ko‘ngillilar Lox-Ness ko‘li maxluqini izlash bo‘yicha so‘nggi 50 yil ichidagi eng katta tadbirni boshlab yuborishdi. Suv havzasini tadqiq qilish ishlari 26 va 27 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Tadbir Lox-Ness markazi va Loch Ness Exploration tadqiqot guruhi vakillari tomonidan tashkil etilgan. Unda mamlakatning barcha hududlaridan taklif etilgan tadqiqotchilar va ovchilar ishtirok etadi.
Ular ko‘l tubini ilgari ishlatilmagan zamonaviy qurilmalar yordamida tekshirib chiqishadi. Uskunalar orasida suvning termal tasvirini oladigan infraqizil kamerali dronlar, shuningdek, suv ostidagi tovush signallarini aniqlash uchun gidrofon bor. Bungacha Lox-Ness ko‘li maxluqining keng ko‘lamli qidiruv ishlari 1972 yilda amalga oshirilgan edi.
«Lox-Ness ko‘li maxluqi» yoki «Nessi» haqida birinchi marta VI asrda yashagan shotlandiyalik rohib bitik yozib qoldirgan. U maxluqni «tanasi katta va bo‘yni uzun» deb tavsifladi. Biroq, uning so‘zlari hech qachon tasdig‘ini topmadi.
Shunday bo‘lsa-da, ovchilar, sayyohlar va baliqchilar «Nessini ko‘rganligi» haqida bot-bot xabar berib turishadi. Go‘yo maxluq tasvirlangan «fotosuratlar» esa matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi. «Nessi» haqidagi afsonalar va xabarlar Lox-Ness ko‘liga sayyohlar oqimining muntazam ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
2019 yilda ko‘lda DNK namunalarini o‘rganayotgan tadqiqotchilar Lox-Ness ko‘li maxluqi ulkan ilonbaliq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
10:53 / 30.03.2025