Uzun tumanining Bobotoğ hududidan bir institutning bir yönalişida maqsadli kvotaga da’vogarlik qilgan ikki abituriyentdan yuqori ball olgani “yiqilib”, undan qariyb 35 ball kam olgani talabalikka tavsiya etildi.
2023/2024 öquv yilida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yönalişiga Uzun tumani uçun 6 ta (şundan 2 tasi tumanning Bobotoğ hududiga imtiyoz sifatida) maqsadli kvota ajratilgan.

Jami 6 ta maqsadli kvota uçun 60 nafar abituriyent raqobatlaşgan. Jumladan, tumanning Bobotoğ hududidagi Oqmaçit mahallasida yaşovçi Gulbanoz Toğayeva 68,4 ball töplagan holda talabalikka qabul qilingan.


Ammo negadir Bobotoğ hududidagi Toltöğay mahallasida yaşovçi abituriyent Nazirxol Normöminova ayni şu oliygohning bir xil yönalişida maqsadli kvotaga da’vogar bölgan holda 102,3 ball töplab, talaba bölolmagan.


Balki Nazirxol Normöminovaning doimiy yaşaş mahallasi tumanning Bobotoğ hududiga kirmas, degan öyda buni ham tekşirib kördik. Biroq bunday bölib çiqmadi: u bilan bir mahallada yaşovçi, bir maktabning bitiruvçisi bölgan Mirjalol Ibragimov Termiz davlat pedagogika institutining tarix yönalişiga aynan Bobotoğ hududi uçun ajratilgan maqsadli kvota asosida talaba bölgan.


Kun.uz oldinroq Navoiy viloyatining Ğozğon şahri uçun Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot institutida 6 ta maqsadli kvota ajratilgani, ammo ularning ikkitasini şaharda bir oy ham yaşamagan, boşqa hududdan kelgan abituriyentlar “ilib ketgani” haqida ham suriştiruv e’lon qilgandi













