Tashkent City Mall – O‘zbekistonda yangi formatdagi ko‘p funksiyali kompleks bo‘lib, ko‘p qavatli tijorat va turar-joy majmuasi, shuningdek premium toifadagi mehmonxonani o‘z ichiga qamrab oladi.
Umumiy maydoni 250 ming kvadrat metrga teng super mintaqaviy formatdagi savdo va ko‘ngilochar markazi loyihaning asosiy qismidir.
Mehmonlar o‘zini qulay his qilishi va unutilmas taassurotlarni olishi uchun maxsus maskan yaratish Tashkent City Mall'ning eng muhim vazifalardan biri bo‘lgan.
Bu borada dunyo bo‘ylab taniqli brendlarning muvozanatli kombinatsiyasi, turli gastronomik va dam olish formatlarini uyg‘unlashtirish markazning asosiy vazifasiga aylangan.
Loyiha konsepsiyasi keng narx diapazonini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, ya’ni o‘rtacha segmentdan boshlab yuqori lyuksgacha – bunday uslub faqat dunyodagi eng nufuzli loyihalarda uchraydi.

Dam olish zonasi 15 ming kvadrat metr maydonni egallab har qanday yosh uchun mo‘ljallangan zamonaviy ko‘ngilochar maskanlarini o‘z ichiga oladi.
Fitnes zonasida sport zallaridan tashqari 2ta basseyn, padel tennis kortlari va olimpiya toifasidagi skalodrom mavjud.
Savdo va ko‘ngilochar markazida dunyoning turli xil taomlari bilan mashhur bo‘lgan 40 ta gastronomik makonlar, shu jumladan, tez ovqatlanish kafelari va ajabtovur restoranlar sizni kutmoqda.
Park va Tashkent City favvoralarining ajoyib manzaralarini ochiq terrasalardan tomosha qilish esa o‘zgacha hissiyotlar yaratadi.

Umuman olganda, 100 ming kvadrat metr tijorat maydonida 250 dan ortiq ijarachilar joylashgan bo‘lib, ularning 70 foizi tijorat shartlarini imzolagan.
Shuni ta’kidlash kerakki, savdo markazida taqdim etilgan brendlarning qariyb 50 foizi birinchi marta O‘zbekiston bozoriga kirishmoqda.
Bularning ichida e’tiborga loyig‘i esa Ispaniyaning Inditex guruhi bilan kelishuvga erishishdir. Inditex guruhining portfeliga Zara, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Oysho, Pull&Bear, Zara Home kabi brendlar kiradi.

















