08:07 / 27.08.2023
42650

Bahodir Jalolov nigeriyalik bokschini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Bu uning professional boksdagi 13-g‘alabasi bo‘ldi. U barcha janglarida raqiblarini nokautga uchratgan.

Foto: Telegram

Profi boksning og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (13-0, 13 KO) o‘zining navbatdagi jangini nigeriyalik Onoriode Ehvariyemega (20-3, 19 KO) qarshi o‘tkazdi.

Bu uning Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ilk jangi bo‘ldi. 

8 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Jalolov raqibini avvaliga ikki bor nokdaun holatiga tushirdi. Navbatdagi kuchli zarbadan so‘ng referi nokaut qayd etdi. 

Shu tariqa Bahodir Jalolov prof ringdagi 13-uchinchi g‘alabasini nishonladi, bu janglarning barchasida o‘zbekistonlik bokschi muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritgan. 

Bahodir Jalolov professional boksdagi so‘nggi jangini 2022 yilning noyabr oyida amerikalik Kyortis Harperga qarshi o‘tkazib, 4-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Mavzuga oid
Top