Ukrainada urushning 549-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi ukrainlar droni Moskvaga hujum qilishga uringani haqida xabar berdi. Dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan.
- Belgorod oblasti rasmiylari ukrain qo‘shini chegara hududidagi posyolkani kassetali o‘q-dorila bilan o‘qqa tutgani haqida xabar qildi. Olti kishi yaralangan.
- Jitomir hududida harbiy topshiriq vaqtida ukrainlarning ikki samolyoti to‘qnashib ketgan. Uch uchuvchi halok bo‘lgan, ular orasida — «Jus» laqabli Andrey Pilshchikov ham bor. U urushning ilk kunlarida Kiyev mudofaasida qatnashgandi.
- The Guardian: Zalujniy Ukraina-Polsha chegarasida NATOning yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashganidan keyin, Ukraina QK taktikani o‘zgartirdi.
- Belgorod oblastining chegara hududidagi Shchetinovka qishlog‘iga dron hujumi oqibatida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘ldi, deya ma’lum qilgan region gubernatori Vyacheslav Gladkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK «o‘z dala hovlisida maysalarni o‘rayotgan kishi ustiga» drondan portlovchi qurilma tashlagan.
Kinburn qumlog‘idagi rossiyalik artilleriyachilar
TASS Kinburn qumlog‘iga joylashtirilgan «Don» kazaklar razvedka-shturm brigadasi tarkibidagi «Aksay» bataloni jangchilari fotosuratlarini namoyish etdi — bu Dnipro-Bug qo‘ltig‘i hamda Qora dengiz oralig‘idagi Kinburn yarimorolining qumli uchastkasidir.
Rossiya qo‘shinlari bu hududni 2022 yil iyulida egallab olgandi. O‘sha yil noyabrida Mikolayiv oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim Ukraina qurolli kuchlari regionning barcha hududlarini egallagani, faqat Kinburn qumlog‘ida rossiyalik harbiylar qolayotganini ma’lum qilgandi. 2023 yil 26 avgustida TASS RF bu uchastkadagi «o‘z pozitsiyalarini mustahkamlayotgani» haqida yozdi — harbiylar blindaj va boshqa istehkomlarni jihozlashmoqda. RF hukumati bu qumloqni Xerson oblastining anneksiya qilingan qismi tarkibiga kiritib yuborgan.

































