«FSB» Vladivostokdagi AQSh konsulligi sobiq xodimini qo‘lga oldi
Robert Shonov jurnalistlar, biznesmenlar va siyosatchilarni yollash bo‘yicha ishni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda. «FSB» Shonovning aybiga iqror bo‘lgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») 28 avgust, dushanba kuni AQShning Vladivostokdagi bosh konsulligi sobiq xodimi Robert Shonov safarbarlik, «maxsus harbiy amaliyot» (MHA) haqida ma’lumot to‘plash bo‘yicha ish doirasida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
«FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, Shonov «AQShning Moskvadagi elchixonasi siyosiy bo‘limi xodimlari Silin Jyeffri va Bernstayn Devid»ning ko‘rsatmasi bo‘yicha ma’lumot to‘plagan. Maxsus xizmatning ta’kidlashicha, «ko‘rsatilgan amerikalik diplomatlarni so‘roq qilish rejalashtirilgan, bu bilan bog‘liq holda AQShning Moskvadagi elchixonasiga tegishli chaqiruv qog‘ozlari yuborilgan».
«FSB» Shonovning aybiga iqror bo‘lgani aks etgan videoni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh elchixonasi birinchi kotibi Devid Bernstayn ma’lumot to‘plash vazifalaridan tashqari, unga «jurnalistlar, biznesmenlar, siyosatchilar orasidan Amerika Qo‘shma Shtatlariga sodiq bo‘lgan va ma’lumot to‘plash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidirishni buyurgan».
Uch yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosi
Videodan ma’lum bo‘lishicha, Shonov bir necha oy oldin qo‘lga olingan — uni uydan olib chiqib ketayotgan kadrlarda qor borligi ko‘rinadi. Qo‘lga olingan shaxsga Rossiya Jinoyat kodeksining 275.1-moddasida («Chet davlat bilan maxfiy hamkorlik») ko‘rsatilgan jinoyatda ayblov qo‘yilgan.
Rossiya Jinoyat kodeksining 275.1-moddasida uch yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo, bir million rublgacha jarima nazarda tutilgan.
Ma’no jihatdan davlatga xiyonat haqidagi moddaga o‘xshash bu modda o‘tgan yili Rossiya Jinoyat kodeksiga kiritilgan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

22:02 / 12.05.2025
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi

13:31 / 12.05.2025
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

13:27 / 12.05.2025
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

13:15 / 12.05.2025