Ukrainada urushning 550-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ekspertiza Yevgeniy Prigojin 23 avgust kuni Tver oblastida qulagan samolyot bortida bo‘lganini tasdiqlagan.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari yarimorol chegaralariga yaqinlashgandagina, «Qrim hududida Rossiyani demilitarizatsiya qilish uchun siyosiy dastak paydo bo‘lishi»ni aytdi. U shuningdek urush Rossiya hududiga o‘tmasligi kerakligi, chunki bu holatda «ukrainlar yolg‘iz [ittifoqchilar ko‘magisiz] qolishi xavfi yuzaga kelishi»ni qo‘shimcha qilgan.
- Amerikalik harbiylar Ukraina qo‘mondonligining Rossiya qo‘shinlari hujumi xavfi tufayli Xarkiv oblastidagi Kupyansk yo‘nalishi mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha qaroriga qo‘shilmaydi. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Pentagondagilar Ukraina QK asosiy qo‘shinlarini Rossiya mudofaasini yorib o‘tish uchun janubda to‘plashi kerak deb hisoblamoqda.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina Qrim va Odessa o‘rtasida Qora dengizdagi gaz va neft platformalari uchun jang olib bormoqda. Boshqa manbalar bu haqda xabar bermagan.
Kiyev oblastiga tungi zarba
27 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev oblastini o‘qqa tutdi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, ammo parchalar Kiyevdan taxminan 40 kilometr janubi-g‘arbdagi Rulikov qishlog‘ida o‘nta turar joy binosiga shikast yetkazgan. Shuningdek, hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.

Yan Dobronosov / Reuters / Scanpix / LETA

Cathal McNaughton / EPA / Scanpix / LETA
























