Pxuket (Tailand) - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Boeing 767-300 samolyoti 28 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, yo‘lovchi tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan.
Samolyot parvozini davom ettirishi kutilmoqda.
















