O‘zbekiston | 08:12 / 29.08.2023
1500
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

Metito Utilities Limited kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikdagi DXSh loyihalari muhokama qilindi.

Foto: O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida Metito Utilities Limited kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida «Namangan shahrida oqova suvlarni tozalash inshootini qurish» DXSh loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida «Namangan viloyatida nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish» yangi investitsiya loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Shuningdek, loyihalarning yaqin fursatlarda muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirildi.

Metito Utilities Limited kompaniyasining bosh qarorgohi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan. Tashkilot muhandislik va qurilish, kommunal xizmatlar, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish, kimyoviy yechimlarga ixtisoslashgan suv ta’minoti va oqova suv obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid