«Dunyo» xabariga köra, joriy yil 20 iyul kuni Boş konsulxonaga Samarqand viloyatida tuğilgan fuqaro B.M. murojaat qilib, 2013 yil 17 mayda Xabarovsk şahrida tuğilgan qizi J.M.ni Özbekistonga qaytarişda amaliy yordam söragan.

Diplomatlar tomonidan tegişli taşkilotlar bilan olib borilgan örganişlar çoğida ma’lum bölişiça, B.M. bir neça yil davomida Rossiyaning Xabarovsk şahrida vaqtinça mehnat faoliyati bilan şuğullanib kelgan. Uşbu davrda u Rossiya fuqarosi Ya.G. bilan tanişib turmuş qurgan. Uşbu turmuşdan qizi J.M. dunyoga kelgan. Qizning onasi Ya.G. esa 2021 yilning 27 iyun kuni uzoq davom etgan oğir kasallikdan söng vafot etgan. 

2023 yilning iyun oyida B.M. Rossiya hududida migratsiya qonunçiligiga zid ravişda bölib turgani sababli, u sud qarori asosida Özbekistonga majburiy tarzda çiqarib yuborilgan. 10 yoşli J.M. esa Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan Xabarovsk ölkasi «Tsentr sotsialnoy pomoşçi seme i detyam» nomli maxsus markazga joylaştirilgan.

Boş konsulxona xodimlarining maxsus markaz rahbariyati bilan ötkazgan muzokaralari natijasida 10 yoşli qizni Özbekistonga yuboriş böyiça kelişuvga erişildi. Şundan söng, J.M.ga Boş konsulxona tomonidan tegişli tartibda «vatanga qaytiş» guvohnomasi rasmiylaştirildi.

Natijada Özbekiston fuqarosi 27 avgust kuni Xabarovsk-Novosibirsk-Samarqand yönalişi böyiça havo qatnovida Özbekistonga kuzatib qöyildi.  Ma’lumotlarga köra, voyaga yetmagan qiz soğ-salomat otasi bağriga qaytgan.