O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Shaxavdinovning Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlar muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turli sohalarda, xususan, mehnat migratsiyasi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, xavfsizlik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish majburiyatini tasdiqladilar.