Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Belgorodga insonparvarlik yordami yubordi
Yukda bolalar va kattalar kiyim-kechaklari, dori-darmonlar, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.
O‘zbekiston 26 avgust kuni Rossiyaning Belgorod viloyati Shebekinskiy tumani aholisiga 12 tonna insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Yukda bolalar va kattalar kiyim-kechaklari, dori-darmonlar, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud. Insonparvarlik yordami davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari orqali amalga oshirilgan.
“Rossiya tomoni O‘zbekiston rahbariyati va uning fuqarolariga ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, strategik sheriklikka asoslangan munosabatlar darajasini aks ettiruvchi ushbu harakat uchun minnatdorlik bildiradi”, — deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
11:08 / 14.05.2026
Putin Belgorod va Bryansk rahbarlarini lavozimdan oldi
12:12 / 04.02.2026
Belgorodda - raketa zarbasidan keyin blekaut
19:55 / 02.01.2026
Ukraina Belgorod markaziga hujum qildi, Rossiya Xarkivdagi besh qavatli uyga zarba berdi
12:30 / 29.12.2025