Saudiyalik investorlar Farg‘onada yangi zavod qurish imkoniyatini o‘rganmoqda
Saudiyalik investorlar Quva tumanida tibbiy buyumlar ishlab chiqarish zavodini qurish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyat hokimligida yirik xorijiy tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy asbob-uskunalar va buyumlar ishlab chiqarish hamda savdosi bilan shug‘ullanuvchi Medzon Health va Alsaadi holding kompaniyalari boshqaruv raisi Abdul Al-Saadi va Saudiya Arabistonining Rosemarin kompaniyasi rahbari Bassam Al-Saadi bilan o‘tgan muloqotda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Al-Saadi 2015 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Medzon Health kompaniyasi bugungi kunda Turkiya, Tailand, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi. U Farg‘onada ham bir qator loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.
Muzokaralar davomida Quva tumanida 500 ta ish o‘rniga ega tibbiy buyumlar ishlab chiqarish zavodi loyihasini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi
O‘zbekiston | 14:35
-
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 14:28
-
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
O‘zbekiston | 14:11
-
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida
Jahon | 14:08
Mavzuga oid

15:23 / 19.03.2025
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda

14:59 / 03.03.2025
Ufada neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

21:34 / 31.01.2025
Finlandiyada 200 mln dollarga portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodi quriladi

23:09 / 06.01.2025