Shoygu havo hujumidan mudofaa tizimlarini kecha-yu kunduz ishlab chiqarishni talab qildi
Rossiya hududiga dronlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumdan so‘ng Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tula viloyatidagi «Almaz-Antey» konserni zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarishni «24/7 rejimida» yo‘lga qo‘yishni talab qildi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyaning havo va raketaga qarshi mudofaa uchun qurol ishlab chiqaruvchi «Almaz-Antey» konserni rahbariyatidan «24/7 rejimda», ya’ni kecha-yu kunduz va haftada yetti kun ishlab chiqarishga o‘tishni talab qildi. Bu haqda 30 avgust, chorshanba kuni Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Shoyguning Tula viloyatidagi davlat konserni zavodlaridan biriga tashrifi yakunlari bo‘yicha xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanganidek, Shoygu radar tizimlarini ishlab chiqarish sexlarini ko‘zdan kechirdi. Konsern bosh direktori Yan Novikov unga Ukrainaga qarshi harbiy operatsiyalarni davom ettirayotgan rus qo‘shinlariga qarshi batareya qurollarini ishlab chiqarish va yetkazib berish sur’atlari oshgani haqida xabar berdi. Novikovning so‘zlariga ko‘ra, zavodda allaqachon smenalar oshirilgan, so‘nggi ikki yildagi rekonstruksiya va texnik qayta jihozlash ishlab chiqarish quvvatini «bir necha barobarga» ko‘paytirish imkonini berdi. Mudofaa vazirligi Shoygu qaysi zavodga tashrif buyurganiga aniqlik kiritmadi.
30 avgustga o‘tar kechasi Rossiya hududiga eng yirik dronlar zarbasi amalga oshirildi. Dronlar Bryansk, Oryol, Kaluga, Ryazan va Moskva viloyatlariga hujum qildi. Pskovda ikki maqsadli aerodromga zarba berish natijasida kamida to‘rtta Il-76 harbiy transport samolyotiga zarar yetgan.
Qrim ko‘prigi yaqinida dronlardan himoya kuchaytirilmoqda
Ayni paytda, amerikalik harbiy meteorolog Devid Xelms X mikrobloglar tarmog‘ida (sobiq Twitter) sun’iy yo‘ldoshdan olingan va rossiyaliklar Qrim ko‘prigining janubiy tomonida dengiz to‘siqlari o‘rnatayotgani aks etgan suratlarni e’lon qildi. 29 avgustdagi suratlarda ko‘prikda taxminan 1,2 km uzunlikdagi to‘siq qurilgani ko‘rsatilgan. Shu tariqa, Rossiya Ukraina qurolli kuchlarining ko‘prikdagi hujumlariga qarshi turishga harakat qilmoqda, deya ta’kidladi u.
O‘z navbatida, mustaqil matbuot Planet.com xizmatining sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib, Qrim ko‘prigi janubida 2,4 m chuqurlikda yettita barja cho‘ktirilgani va langar tashlab to‘xtatilganini bildirdi. «Ular Ukraina uchuvchisiz uchoqlariga qarshi to‘siq sifatida ishlatilishi mumkin», deyiladi ma’lumotda. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Qrim ko‘prigiga dron hujumidan keyin xuddi shunday xabar tarqatgan edi.
Mavzuga oid
00:36
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
20:09 / 18.11.2024