Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev eng yirik qurol kompaniyalaridan biri bilan shartnoma imzoladi
Ukraina poytaxtida Britaniyaning BAE Systems qurol kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Kiyev u bilan L119 yengil artilleriya qurollarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Ukraina va dunyodagi eng yirik mudofaa korxonalaridan biri – Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi qurollarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 31 avgust, payshanba kuni Kiyevda BAE rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida Ukraina o‘zini harbiy harakatlardan himoya qilib, hozirdanoq BAE qurollarining bir qismini frontda qo‘llayotganini ta’kidladi. Misol tariqasida u L119 va M777 artilleriya qurollarini, shuningdek, CV90 bronetransportyorini keltirdi.
Ukraina hukumati mamlakatda L119’ni birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan Kiyevda BAE rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan joriy uchrashuv chog‘ida ushbu turdagi qurollarni ta’mirlash va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hadli bitim imzolandi.
Ukraina Sanoatning strategik tarmoqlari masalalari bo‘yicha vazirligi xabar berishicha, BAE Systems allaqachon Ukrainada o‘z vakolatxonasini ochgan va Ukraina kompaniyalari bilan qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Ukrainaning qurol ishlab chiqarish sohasidagi rejalari
O‘tgan yili 25 milliard dollar aylanmasi bilan BAE Systems dunyodagi yettinchi yirik mudofaa kompaniyasi hisoblanadi. Ukraina harbiy harakatlarga qaramay qurol ishlab chiqarishni oshirdi va jahon bozorida asosiy qurol ishlab chiqaruvchiga aylanishga umid qilmoqda.
May oyida Germaniyaning Rheinmetall mudofaa kompaniyasi Ukrainaning «Ukroboronprom» mudofaa konserni bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuv tuzgan edi. Avvaliga Ukrainadagi urushda qatnashgan nemis tanklarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish rejalashtirilgan. Kelajakda ikkala kompaniya birgalikda tanklar ishlab chiqarishni mo‘ljallanmoqda.