Hindiston poytaxtida joylaşgan Jamiya Milliya Islamiya (Jamia Millia Islamia - JMI) universiteti hududida mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykali örnatiladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Özbekiston elçisi Dilşod Ahadov va universitet rektori, professor Najma Axtar örtasida uçraşuv bölib ötdi. Unda professor Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy merosiga yuqori baho berib, uning «Kitob ul-hind» asari Hindiston haqida yozilgan ilk noyob ilmiy asarlardan biri ekanini ta’kidladi. 

Abu Rayhon Beruniy haykalini oliy bilim yurtining huquqşunoslik, xorijiy tillar departamenti, dizayn va innovatsiya departamenti, arab-hind madaniyat markazi va boşqa bölinmalari tutaşgan gavjum maydonçada örnatiş rejalaştirilmoqda. Haykal universitetga Özbekiston tomonidan taqdim etiladi.

Avgust oyi oxirida davlat rahbarining «Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNeSKO — Özbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etişni qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. 4-8 sentabr kunlari Parij şahrida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nişonlaş doirasida xalqaro körgazma hamda tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.