
Muhammad al Fayyed o‘g‘li Dodi al Fayyed va malika Diana xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik fonida.
Milliarder o‘g‘li Dodining o‘limidan roppa-rosa 26 yil o‘tib vafot etdi. Muhammad al Fayyed o‘g‘li va malika Diana halok bo‘lganidan keyin avtohalokat uyushtirilganini isbotlash uchun uzoq vaqt faol kampaniya olib borgan, ammo oxir-oqibat Fransiya politsiyasi halokat kutilmagan hodisa bo‘lgan degan xulosaga kelgandi.
Muhammad al Fayyed 1929 yil Qohirada tug‘ilgan. Yaqin Sharqda o‘z biznes imperiyasini yaratgan tadbirkor 1960 yillarda Londonga ko‘chib o‘tib Britaniya qirollik oilasi vakillari bilan yaqin munosabat o‘rnatadi. Milliarder Londonning «Fulhem» futbol klubi, Parijdagi Ritz mehmonxonasi, Londondagi mashhur Harrots univermagi xo‘jayini bo‘lgan. Oxirgi yillarda u omma oldida deyarli ko‘rinish bermayotgandi.















