Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel fondi Rossiya va Eron elchilariga yuborilgan taklifnomalarni qaytib oldi
Nobel fondi bir yillik tanaffusdan so‘ng Rossiya, Belarus va Eron elchilarini Stokholmdagi Nobel mukofotini topshirish marosimiga taklif qilgandi.
Fondning bu xatti-harakati tanqidlarga sabab bo‘lgach, bu uch davlat elchilariga yuborilgan taklifnomalar qaytib olingan. Nobel fondi taklifnomalar qaytib olinganini aynan tanqidlar bilan bog‘lagan. Rossiya, Eron va Belarus elchilari banketga taklif qilingani Shvetsiyadagi uchta yirik partiya yetakchilari tanqidiga uchradi. Ular bu elchilar qatnashadigan banketga boykot qilishlarini aytgan.
Shuningdek, Shvetsiya qirollik oilasi ham bu uch davlat elchilari yuqori darajali marosimga taklif qilinganidan hayronligini bildirgan. Shvetsiya qiroli Rossiya, Eron va Belarus elchilari ishtirok etadigan tadbirda qatnashishi aniq emasligi aytilgan.
O‘tgan yili Nobel fondi Rossiya va Belarus elchilari bu ikki davlatning Ukrainaga qarshi agressiyasi sabab tadbirga taklif etilmasligini ma’lum qilgandi. Rossiyaga faol qurol yetkazib berayotgan Eron elchisi ham o‘tgan yilgi marosimga chaqirilmagan.
Mavzuga oid
13:06
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026