Shimoliy Koreya ikkita uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketa bilan «taktik yadro zarbasini berish bo‘yicha» mashq o‘tkazdi. Bu haqda 3 sentabr, yakshanba kuni KXDR davlat OAV xabar berdi. KMTA agentligi xabarida aytilishicha, mashg‘ulotlar bir kun avval erta tongda o‘tkazilgan va «dushmanlar»ni KXDR yadro urushiga tayyorligidan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.
Yadro kallaklariga o‘xshash vositalar bilan jihozlangan ikkita taktik qanotli raketa Sariq dengiz yo‘nalishida uchirildi va 1500 km masofani bosib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Avvalroq, avgust oyi oxirida Shimoliy Koreya «taktik yadroviy mashqlar» doirasida ikkita qisqa masofali ballistik raketani uchirgandi.
Qurol sinovlarining rekord soni
Joriy yilda KXDR turli turdagi qurollarni rekord miqdorda sinovdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Shimoliy Koreya ikkinchi marta orbitaga razvedka sun’iy yo‘ldoshini olib chiqishni uddalay olmadi.
Ayni paytda, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kemasozlik korxonalari va harbiy zavodlarga tashrif buyurdi. Pxenyan o‘z maqsadini yana bir bor tasdiqladi - AQSh va Janubiy Koreyani harbiy jihatdan tiyib turishni kuchaytirish. Shimoliy Koreya rasmiylari o‘tgan oy Vashington va Seul o‘rtasida harbiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tuzilgan kelishuvni yana bir bor tanqid qildi.
















