“Özbekiston Respublikasi prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga asosan:

  • qöşilgan qiymat soliğining salbiy summasi örnini qoplaşda (qaytarişda) soliq uzilişi (tax gap) koeffitsiyentini qöllaş amaliyoti taqiqlanadi;
  • qöşilgan qiymat soliği böyiça maxsus röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomasining amal qilişini töxtatib turiş tartibi bekor qilinadi (amalga oşirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bölgan holatlar bundan mustasno);
  • foyda soliği böyiça har oy bönak tölovlarini tölaşi lozim bölgan tadbirkorlik sub’yektlari daromadining çegaraviy miqdori 5 mlrd sömdan 10 mlrd sömga oşiriladi.

2024 yil 1 yanvardan boşlab:

  • iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari iştirokida körilayotgan işlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga ötkaziladi;
  • soliq majburiyati böyiça da’vo qiliş muddati 5 yildan 3 yilga tuşiriladi.

Kameral soliq tekşiruvini ötkazişda quyidagilar taqiqlandi (QQS summasi örnini qoplaş (qaytariş)da ötkaziladigan kameral soliq tekşiruvlari bundan mustasno):

  • soliq tölovçining hududiga kiriş;
  • soliq tölovçining hududini va binolarini közdan keçiriş;
  • soliq tölovçidan hujjatlarni talab qilib oliş va uni çaqirtiriş;
  • soliq tölovçining hujjatlari va buyumlarini olib qöyiş.

Kameral soliq tekşiruvi natijalari böyiça tadbirkorlik sub’yektlariga qöşimça hisoblangan soliqlar summalarini 6 oy davomida teng uluşlarda bölib-bölib tölaş tartibi joriy etiladi. Bu boradagi qonun loyihasi dekabr oyigaça tayyor bölişi kerak.

2024 yil 1 yanvardan e’tiboran quyidagiça tartib örnatiladi:

  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan kreditlar böyiça qarzdorlikni undiriş böyiça sudning hal qiluv qarori çiqarilganda, mazkur kreditlar böyiça foizlar va neustoyka hisoblanişi töxtatiladi;
  • tölov miqdori kredit majburiyatlarini bajariş uçun yetarli bölmaganda, mablağlar, birinçi navbatda, mutanosib ravişda muddati ötgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinçi navbatda joriy tölov uçun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.