Xitoy janubidagi Lyuçjou şahridan Özbekistonga «Xitoy-Markaziy Osiyo» yuk taşuvi doirasida birinçi poyezd jönab ketdi. Bu haqda Xitoy matbuoti xabar berdi.

261 ta avtomobil ortilgan poyezd 30 avgust kuni yölga çiqdi va ikki haftadan köproq vaqtda Özbekistonga yetib keladi.

«Lyuçjou-Toşkent» yönalişi Xitoy-Yevropa va Xitoy-Markaziy Osiyo yuk taşuvlari doirasidagi oltinçi transçegaraviy kanalga aylandi. Sönggi yillarda Lyuçjou joylaşgan Guansi-Çjuan avtonom viloyatining ma’muriy markazi Nanning şahridagi Xitoy temiryöllari boşqarmasi tomonidan Nanning-Moskva, Nanning-Olmaota, Lyuçjou-Moskva, Lyuçjou-Olmaota va Nanning-Toşkent yönalişida yuk taşuvlari oçilgan edi.

Uşbu kanallar orqali Guansi-Çjuan avtonom viloyatidan avtomobillar, oğir texnika, oziq-ovqat va boşqa tovarlar eksport qilinadi.

Lyuçjou Xitoyda avtomobil qismlarini işlab çiqariş va transport vositalari va butlovçi qismlarni eksport qilişning asosiy bazasi hisoblanadi.